Xalq ta'limi vazirligi 6 sentyabrdan darslar töliq an'anaviy tarzda boşlanişini ma'lum qildi. 

Vazirlik ma'lumotiga köra, faqat quyidagi holatlar bolani vaqtinça ta'lim jarayoniga masofadan jalb etilişiga sabab bölişi mumkin: 

  • özi yoki oila a'zolaridan biri COVID bölib vaqtinça davolanişda bölgan öquvçilar uçun;
  • öquv yili davomida öqituvçi yoki öquvçilar orasida COVID aniqlanib, vaqtinçalik karantinga olingan sinf yoki maktablar uçun;
  • vaqtinça boşqa joyda öqişni davom ettiriş imkoniyati bölmagan maktablarning öquvçilari onlayn ta'lim olişlari mumkin.

Bunday öquvçilar uçun parallel ravişda darslar MTRK telekanallari orqali “Onlayn maktab” loyihasi doirasida berib boriladi.

Avvalroq, Özbekistonda qizlar maktabda milliy römol va döppida bölişiga ruxsat berilgandi.