“Eksportçi korxonalarni rağbatlantirişga oid qöşimça çora-tadbirlar töğrisida” Özbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni qabul qilindi.

Unga muvofiq, eksport bilan boğliq savdo operatsiyalari va eksportoldi moliyalaştiriş kreditlari uçun Tiklaniş va taraqqiyot jamğarmasidan Eksportni rağbatlantiriş agentligi huzuridagi Eksportni qöllab-quvvatlaş jamğarmasiga 200 million AQŞ dollari ajratiladi.

Eksportni rağbatlantiriş agentligi tomonidan yillik eksport hajmi 20 million AQŞ dollaridan oşgan korxonalarga eksport bilan boğliq savdo operatsiyalari va eksportoldi moliyalaştiriş kreditlari uçun tijorat banklari orqali bir martalik moliyaviy resurslar 5 million AQŞ dollarigaça miqdorda hamda bir yilgaça muddatga taqdim etiladi.

Oxirgi 12 oy davomida 1 million AQŞ dollaridan ortiq tayyor töqimaçilik mahsulotlarini eksport qilgan korxonalarga asosiy va yordamçi işlab çiqarişi uçun butlovçi buyumlar, xomaşyo va materiallar olib kirişda bojxona tölovlarini tölaş böyiça foiz hisoblanmagan hamda ularning tölanişini ta'minlaş talab etilmagan holda 120 kunga tölovni keçiktiriş (bölib-bölib tölaş) imkoniyatini beriladi.

Taşqi savdo operatsiyalari böyiça muddati ötgan debitor qarzdorlik uçun xöjalik yurituvçi sub'yektlarga nisbatan jarimalar qöllanilişi, şuningdek, uşbu farmon kuçga kirguniga qadar qöllanilgan jarimalar undirilişi 2021 yil 31 dekabrga qadar töxtatiladi.

2021 yil 1 oktyabrdan yuqori sifat va nazorat tizimiga ega mamlakatlardan sertifikatlangan va deklaratsiyalangan asbob-uskuna, butlovçi qismlar, xomaşyo, ölçov vositalari, kimyoviy reagentlar, kötariş moslamalari va transport vositalari importida milliy sertifikat oliş talabi bekor qilinadi.

Taşqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantiriş va texnik jihatdan tartibga soliş masalalari böyiça Hukumat komissiyasiga Eksportni rağbatlantiriş agentligi tomonidan korxonalarga eksport bilan boğliq savdo operasiyalari va eksportoldi moliyalaştiriş kreditlari uçun tijorat banklari orqali bir martalik moliyaviy resurslar taqdim etiş tartibini tasdiqlaş va özgartiriş kiritiş huquqi beriladi.

Yevropa mamlakatlariga qöşilgan qiymati yuqori bölgan mahsulotlarni eksport qilişda transport xarajatlarining 50 foizini kompensatsiya qiliş tizimi bir yil muddatga joriy etiladi.

Tariq , quritilgan dukkakli ekinlardan olingan un va kukun , meva va yonğoqlardan olingan un va kukun eksporti uçun Özbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasi ruxsati talab qilinmaydi.