Jahon | 09:26 / 08.09.2021
4923
1 daqiqa o‘qiladi

Indoneziyadagi qamoqxonada yuz bergan yong‘inda 41 kishi halok bo‘ldi

Indoneziyaning Tangerang shahridagi qamoqxonada yuz bergan yong‘in oqibatida 41 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda adliya vazirligi vakili Riku Apriant ma'lum qildi.

Shuningdek, 80ga yaqin odam jarohat olgan. Ta'kidlanishicha, yong‘in tungi vaqt qamoqxonaning bloklaridan birida chiqqan. Ushbu blokda 122 mahbus saqlangan.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, yong‘in qisqa tutashuv oqibatida yuz bergan. Ayni vaqtda u o‘chirilgan.

Ma'lum qilinishicha, Tangerangdagi qamoqxona 1225 kishiga mo‘ljallangan bo‘lsa-da, unda 2 mingdan ko‘proq mahbus jazo muddatini o‘tagan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid