Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda yuqori tezlikda harakatlangan Cobalt yo‘l-transport hodisasiga uchradi. Ikki kishi vafot etdi
Samarqand viloyati Paxtachi tumanida yuqori tezlikda harakatlangan Cobalt avval yo‘l chetidagi piyodani urib yuborgan. So‘ng o‘zi yo‘l chetidagi daraxtga borib urilgan. Oqibatda ikki kishi vafot etgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati Kun.uz’ga xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, joriy yil 27 avgust kuni soat 06:30larda M37 Samarqand-Buxoro-Turkmanboshi xalqaro avtomobil yo‘lining 136-kilometrida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Mazkur yo‘lda harakatlanib kelayotgan Cobalt mashinasi boshqaruvni yo‘qotib avval yo‘l chetidagi piyodani urib yuborgan. So‘ng yo‘l chetidagi daraxtga borib urilgan. Oqibatda jabrlanuvchi piyoda va mashina ichida bo‘lgan voyaga yetmagan bola vafot etgan.
Dastlabki surishtiruvda aniqlanishicha, Cobalt haydovchisi tezlikni belgilangan me'yorlaridan oshirib harakatlangan va natijada boshqaruvni yo‘qotib yo‘l chetiga chiqib ketgan.
Qayd etilishicha, mazkur hodisa yuzasidan Paxtachi tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
09:30 / 17.06.2026
Toshkentda Lacetti va BYD to‘qnashuvi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi
18:17 / 15.06.2026
“Suv ichaman deb chalg‘idim” – Navoiyda YTHga uchragan avtobus haydovchisi 10 yilga qamaldi
14:23 / 15.06.2026
Samarqandda Damas haydovchisi YTH sodir etib, mashinadan tushib qoldi
15:55 / 13.06.2026