Markaziy bank boşqaruvi 9 sentyabr kungi yiğilişda asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida özgarişsiz qoldirdi. Mazkur qaror iqtisodiyotda narxlarni oşiruvçi omillar va ularning ta'sir darajasi bilan boğliq noaniqliklarning saqlanib qolişi şaroitida yil yakuniga qadar inflatsiya darajasini 10 foizgaça pasaytiriş hamda iqtisodiy faollikni qöllab-quvvatlaş maqsadlari örtasidagi muvozanatni saqlab qoliş maqsadi bilan izohlandi.

Markaziy bank reliziga köra, joriy pul-kredit şaroitlari va taşqi vaziyatdagi ijobiy kutilmalar inflatsiya prognoziga erişiş böyiça işonç saqlanib qolişiga xizmat qilmoqda.

Iqtisodiy faollik va yalpi talab

Joriy yilning ötgan 8 oyida mamlakatimizda iqtisodiy faollikning jadallaşişi davom etib, aksariyat tarmoqlarda ösiş körsatkiçlari pandemiyagaça bölgan darajaga yetdi.

Joriy yilning yanvar-iyul oylarida sanoat mahsulotlari işlab çiqariş hajmida ötgan yilning mos davriga nisbatan 8,9 foizga ösiş kuzatilgan bölsa, 2019 yilning mos davriga nisbatan 6,1 foizlik ösiş qayd etilgan. Öz navbatida, körsatilgan xizmatlar hajmi 2020 yilga nisbatan 20,5 foizga va 2019 yilga nisbatan 21,3 foizga oşdi.

Iqtisodiyotning real sektori korxonalari örtasida avgust oyida ötkaziladigan sörovlar natijalariga köra, iqtisodiy faollik indeksi 52,8ni taşkil etib, iyul oyi natijalaridan biroz yuqori şakllandi. Bunda, indeks tarkibida xizmat körsatiş sohasida iqtisodiy faollik körsatkiçlari sezilarli darajada yaxşilandi.

Iqtisodiyotda aholi iste'mol faolligining oşib borişi bilan savdo va pullik xizmatlar hajmi ham ortib bormoqda.

Yanvar-avgust oylarida tijorat banklari kassalariga savdo va pullik xizmatlardan tuşumlar hajmi 2019 yil va 2020 yillarning mos davriga nisbatan 53 va 39 foizga oşdi.

Şuningdek, keng kölamda amalga oşirilayotgan