Adliya vazirligi Özbekiston dunyoviylik prinsipida rivojlaniş yölini tanlaganini eslatib bayonot bilan çiqdi. «Özbekiston jamiyati dunyoviylik prinsipida rivojlaniş yölini tanlagan» sarlavhali maqolada Özbekiston Konstitutsiyasining 31-moddasiga köra har bir inson xohlagan dinga e'tiqod qiliş yoki heç qaysi dinga e'tiqod qilmaslik huquqiga egaligi qayd etilgani keltirilgan.

«Bu şuni anglatadiki, har kim öz e'tiqodiga amal qiliş yoki qilmaslikda mustaqildir. Har bir şaxs boşqalarning vijdon va e'tiqod erkinligiga ega ekanligini tan olişi şart», deyiladi vazirlik bayonotida.

Vazirlik fuqarolar öz huquq va erkinliklarini amalga oşirişda boşqa şaxslarning, davlat va jamiyatning qonuniy manfaatlari, huquqlari va erkinliklariga putur yetkazmasliklari zarurligini qayd etgan.

«Kuzatuvlar körsatyaptiki, axloqiy-diniy nuqtayi nazarlarni huquqiy munosabatlar predmetiga aylantirişga uriniş, milliy qadriyatlarimizga zid, insonlarning şaxsiy huquqlarini toptovçi va çeklovçi axborot taşviqotlari olib boriş holatlari aniqlandi», deya qayd etiladi bayonotda.

Vazirlik ma'lumotiga köra, diniy mavzuda çiqişlar qiladigan va şu sohada faoliyat yuritadigan ayrim şaxslar tomonidan ayollarning maşina haydaşiga sub'yektiv baho beriş, ularning maşğulot turini erkin tanlaş huquqini çeklaş, ayrim turdagi mahsulotlarni işlab çiqaruvçi korxonalar faoliyatini töxtatiş, ayrim jahon durdonalari sanaladigan san'at asarlarini sotiş (foydalaniş)ni çeklaş, boşqa diniy qaraşlarga işonçsizlik uyğotiş, heç qaysi dinga e'tiqod qilmaydiganlarga nisbatan nafrat uyğotiş, Özbekistondagi dunyoviylik prinsipiga monand qonunlar bilan örnatilgan qoidalarni şubha ostiga oliş va boşqa şu kabilarni tarğib qiliş holatlari ham uçramoqda.

«Ayniqsa, jamiyatning muayyan qatlami boşqalarning qaraşlari, xatti-harakatlari, turmuş-tarziga faqat bitta ölçam — özlarining axloqiy-diniy qaraşlari mezoni bilan baho berişiga toqat qilib bölmaydi», deya ta'kidlaydi vazirlik.

Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 12-moddasida heç kimning şaxsiy hayotiga özboşimçalik bilan aralaşiş mumkin emasligi aniq belgilab qöyilgan. Mazkur norma Özbekiston milliy qonunçiligiga töliq implementatsiya qilingan. Jumladan, Özbekiston Konstitutsiyasining 25-moddasida har kimning erkinlik va şaxsiy daxlsizligi, 27-moddasida şaxsiy hayotiga aralaşişdan himoyalaniş huquqi kafolatlangan.

«Albatta, aholi, ayniqsa yoşlarni ongiga Özbekiston jamiyatining boy tarixiy-ma'naviy qadriyatlarini singdiriş maqsadga muvofiq. Adliya vazirligi tarbiya muhimligini ta'kidlagani holda, bu jarayon inson huquqlari buzilişi, ayniqsa, fuqarolarning şaxsiy hayotiga aralaşiş hisobiga amalga oşirilişiga yöl qöyib bölmasligini qayd etadi», deya ta'kidlaydi vazirlik.