Jizzax viloyati Ğallaorol tumanida qaşqadaryolik haydovçi uxlab qolib yöl-transport hodisasi sodir etgan. Oqibatda u boşqarib ketayotgan «Lasetti» maşinasi «Kamaz» yuk maşinasining orqa tomoniga borib urilgan. Bu haqda Jizzax viloyati IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinişiça, joriy yil 9 sentabr kuni soat 4:00 larda M-39 Almati–Toşkent–Termiz xalqaro avtomobil yölining Ğallaorol tumani hududidan ötgan qismida qaşqadaryolik haydovçi «Lasetti» maşinasi bilan yöl transport sodir etgan. Oqibatda «Lasetti»da bölgan 3 nafar yölovçi tan jarohati olgan.
Dastlabki suriştiruvda aniqlanişiça, Qaşqadaryo viloyati Kasbi tumani Maymanoq mahallasida istiqomat qiluvçi haydovçi «Lasetti» maşinasini Toşkent–Samarqand yönalişida boşqarib borayotib, uxlab qolgan. Şundan söng boşqaruvni yöqotgan «Lasetti» özidan oldinda harakatlanib ketayotgan «Kamaz»ning orqa tomoniga urilgan.
Qayd etilişiça, mazkur yöl-transport hodisasi oqibatida «Lasetti» salonida bölgan Qaşqadaryo viloyati Koson tumani Olmazor, Maymanoq mahallalari hamda Muborak tumani Gulşan qişloğida yaşovçi fuqarolar oğir tan jarohati olgan. Ular Ğallaorol tuman tibbiyot birlaşmasining jonlantiriş bölimiga yotqizilgan. Şuningdek, «Lasetti» maşinasi ham jiddiy şikastlangan. Ta'kidlanişiça, hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekşiruv olib borilmoqda.
Jizzaxda qaşqadaryolik haydovçi boşqaruvidagi yuk maşinasining gaz balloni portladi

















