«Tolibon» Afğonistonni egallaşi arafasida Özbekistonga qoçib ötgan afğon uçuvçilarini AQŞ tomonidan evakuatsiya qiliş boşlandi. Bu haqda Reuters uçuvçilarga tayanib xabar bermoqda.
Reuters e'lon qilgan xabarda suratlar ham ilova qilingan. Suratlardan uçuvçilar Uzbekistan Airways samolyotida uçib ketayotganini köriş mumkin. Şuningdek, uçuvçilar Termizdagi lagerdan çiqayotgani tasvirlangan suratlar ham ilova qilingan. Ular Afğonistondan özlari boşqargan uçoqlarda qoçib ötgaç, Termizdagi sobiq koronavirus bemorlarini davolaş lagerida bir oydan buyon yaşayotgandi.
465 nafar uçuvçi 46 ta harbiy uçoqda Özbekistonga qoçib ötgandi. Özbekiston hukumati uçuvçilarga zarur himoyani taqdim etgan va bir oy davomida ularni oziq-ovqat bilan ta'minlagan. Bu uçun AQŞ hukumati Özbekistonga minnatdorçilik bildirgani ham ma'lum.

AQŞ uçuvçilarni evakuatsiya qilişni 12 sentyabr yakşanba kuni boşlagan. Ularning birinçi guruhi BAAga yöl olgan. Samolyot Termizdan uçib ketgan.
AQŞning Özbekistondagi sobiq elçisi Jon Herbst uçuvçilarning evakuatsiya qilinişini olqişladi: «Umid qilaman, uçoqlar Amerikaga qaytadi, uçuvçilar esa heç qaçon toliblarga qaytarilmaydi», degan elçi. Sobiq AQŞ elçisining aytişiça, Amerika bu uçuvçilar oldida qarzdor. Janob Herbst avvalroq AQŞda tayyorlangan afğon uçuvçilari Termizda qolayotgani sabab Özbekiston noqulay ahvolda qolayotganini aytgandi.
Oldinroq WSJ öz manbalariga tayanib AQŞ Termizdagi afğon uçuvçilarini Qatardagi harbiy bazasiga joylaştirişi haqida xabar bergandi.
Termizda jon saqlayotgan afğon uçuvçilari uyga qaytarilişidan xavotirda

















