Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kreml Putin va Zelenskiy uchrashuvi o‘tkazilishiga to‘sqinlik qiladigan omilni ma'lum qildi
Peskovning so‘zlariga ko‘ra, agar Kiyev Qrimning kimga tegishliligi masalasini ko‘tarishga qaror qiladigan bo‘lsa, ikki mamlakat prezidentlari uchrashuvi o‘tkazilmaydi.
Agarda Ukraina tomoni muzokaralarda Qrimning kimga tegishliligi masalasini ko‘tarishni rejalashtiradigan bo‘lsa, Rossiya va Ukraina prezidentlari Vladimir Putin va Vladimir Zelenskiy o‘rtasida uchrashuv o‘tkazilmaydi. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma'lum qildi.
«Tabiiyki, Qrimni muhokama qilish imkonsiz», — dedi Peskov.
U shuningdek, Putin ukrainalik hamkasbi bilan Donbassdagi urush va tinchlik masalasini ham muhokama qilmoqchi emasligini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya bu nizo ichida yo‘q.
Ikki mamlakat prezidentlari o‘rtasidagi uchrashuv masalasini muhokama qilish shu yilning bahorida boshlangandi. O‘shanda Zelenskiy Putin bilan «Donbassning istalgan nuqtasida» uchrashishga tayyorligini aytgandi. Bunga javoban Putin Zelenskiyni Moskvaga taklif qilgandi. Aprelda Zelenskiy «istalgan joyda» uchrashishga tayyorligini, 1 sentyabr kuni esa uning matbuot kotibi Sergey Nikiforov Kiyev «istalgan vaqtda» muzokaralarga tayyorligini ma'lum qildi.
Mavzuga oid
08:40 / 06.06.2026
Kremlda Putin va Shryoder o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi
20:34 / 05.06.2026
Bu xat qo‘pollik unsurlariga ega - Putin Zelenskiyning xati haqida
17:01 / 05.06.2026
«Oreshnik» hali jangovar qo‘llangani yo‘q – Putin
14:21 / 05.06.2026