Özbekiston davlat çegarasini noqonuniy kesib ötgan va qölga olingan bir guruh afğonistonlik sobiq harbiy xizmatçilar va fuqarolar 12-13 sentabr kunlari Özbekiston hududidan boşqa mamlakatga evakuatsiya qilindi. Bu haqda Taşqi işlar vazirligi rasmiy vakili, vazirlik matbuot kotibi Yusuf Qobiljonov Kun.uz'ga ma'lum qildi.

TIV matbuot xizmati Özbekistondagi afğon qoçqinlari soni va ularning qaysi davlatga evakuatsiya qilinganini oçiqlamadi.

Avvalroq, Reuters axborot agentligi «Tolibon» Afğonistonni egallaşi arafasida Özbekistonga qoçib ötgan afğon uçuvçilarini AQŞ tomonidan evakuatsiya qiliş boşlanganini ma'lum qilgan va suratlar ham ilova qilgan edi.

Suratlardan uçuvçilar Uzbekistan Airways samolyotida uçib ketayotganini köriş mumkin. Şuningdek, uçuvçilar Termizdagi lagerdan çiqayotgani tasvirlangan suratlar ham ilova qilingan.

Eslatib ötamiz, avgust oyi örtalarda Afğonistondagi harbiy harakatlar vaqtida hukumat armiyasining 465 nafar uçuvçisi 46ta harbiy samolyotlar va vertolyotlarda Özbekistonga qoçib ötgandi. Özbekiston hukumati uçuvçilarga zarur himoyani taqdim etgan va bir oy davomida ularni oziq-ovqat bilan ta'minlagan. Bu uçun AQŞ hukumati Özbekistonga minnatdorçilik bildirgani ham ma'lum.

Xalqaro naşrlar evakuatsiya jarayoni 12 sentabr kuni boşlagani haqida xabar berişgandi, afğonistonliklar hozirça BAA va Qatarga joylaştirilişi taxmin qilinmoqda.