Qaşqadaryo viloyatida Oliy Majlis Senati işçi guruhi tomonidan köplab kamçiliklar, bajarilmagan işlar aniqlangan. Jumladan, viloyatda mavjud bölgan MFYlarning qariyb uçdan biri öz xizmat binosiga ega emas. Bu haqda Xalq deputatlari viloyat kengaşining navbatdagi sessiyasida Oliy Majlis Senati işçi guruhi rahbari ma'lum qilgan.
Qayd etilişiça, Oliy Majlis Senatining işçi guruhi Qaşqadaryo viloyatida örganiş işlarini olib borgan. Örganiş davomida viloyatda köplab kamçiliklar aniqlangan. Örganiş böyiça, Xalq deputatlari viloyat Kengaşining navbatdagi sessiyasida Oliy Majlis Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qömitasi raisi örinbosari Tolibjon Madumarov axborot bergan.
Işçi guruh hisobotiga köra:
- Qaşqadaryo viloyatida mavjud 792 ta mahalla fuqarolar yiğinlarining 256 tasida xizmat binosi mavjud emas;
- Qarşi tumanida bajarilişi belgilangan 9 kilometr suğoriş va 36,1 kilometr lotok tarmoqlarini ta'mirlaş işlari amalga oşirilmagan;
- Yakkaboğ tumanining 2 ta mahallasidan ötgan yölning 7 kilometr qismi ta'mirlaş va atrofini obodonlaştiriş işlari boşlanmagan;
- Dehqonobod tumanida haligaça kiçik sanoat zonasi taşkil etilmagan;
- Mahalliylaştiriş dasturiga Çiroqçi va Kasbi tumanlaridan birorta loyiha kiritilmagan;
- Viloyat böyiça jami 2027 ta köp qavatli uylardan 408 tasida qayta ta'mirlaş işlari amalga oşirilmagan;
- Çiroqçi va Koson tumanlari tadbirkorlikni rivojlantiriş reytingida "qizil" hududga tuşgan;
- Joriy yilda 2 ta erta tuğuruq holati aniqlangan. (Qarşi va Çiroqçi tumanlari);
- Viloyatning 95 ta mahallasida boğçalar mavjud emas.

















