Qaşqadaryo viloyatida tuman va şaharlarda qöşimça manbalardan ajratilgan mablağlar avval sarflanib, söng sessiyaga kiritilgan. Bu haqda bugun, 13 sentabr kuni ötkazilgan Xalq deputatlari viloyat Kengaşining navbatdagi sessiyasida Zoyir Mirzayev ma'lum qilgan.

Sessiyada Qaşqadaryoda tuman va şahar budjetlarining qöşimça manbalaridan foydalanişdan oldin amalga oşiriladigan xarajatlar Xalq deputatlari mahalliy Kengaşlari muhokamasiga qöyilişi böyiça talabga töliq rioya etilmagani aytilgan.

Xususan:

  • Qarşi şahrida 3 milliard 512 million söm;
  • Ğuzor tumanida 3 milliard 651 million söm;
  • Mirişkor tumanida 1 milliard 576 million söm;
  • Çiroqçi tumanida 324 million söm;
  • Kasbi tumanida 830 million söm;
  • Koson tumanida 69 million söm qöşimça manbalar hisobidan ajratilgan mablağlar tegişli şahar va tuman hokimlarining farmoyişlariga asosan sarflangandan keyin Xalq deputatlari mahalliy Kengaşlari qarorlari qabul qilingan.