Özbekistonda birja investitsion fondlari (ETF), şu jumladan, oltin uçun ham ETF’lar paydo bölişi kutilmoqda.

11 sentyabr kuni kapital bozoriga bağişlangan III Xalqaro obligatsiyalar konferensiyasida 5 ta yönaliş böyiça yangiliklar bölişi ta'kidlandi. Bular:

  • kelgusi 3 yil içida 15 ta IPO kutilmoqda, şulardan 5 tasi davlat banki, 3 ta suğurta kompaniyasi hamda metallurgiya va boşqa kompaniyalarga tegişli;
  • oltin uçun ETF, ipoteka obligatsiyalari, sukuk obligatsiyalari;

(ETF - Exchange Traded Fund, birja savdo fondidir. U savdoga qöyilgan indeks fondi sifatida belgilanadi. Indeks fondlari özgaruvçan daromadga ega bölgan investitsiya fondlari deb ta'riflanadi. U indeks va fond örtasidagi gibrid. Uşbu gibrid ikkita asosiy narsaga xizmat qiladi: investitsiya jarayonini yengillatiş va investorga indeks tomonidan taqdim etilgan rentabellikka erişiş)

  • inflatsiyaga boğlangan obligatsiyalarini çiqarilişi;
  • qimmatli qoğozlar markaziy depozitariysi bilan xalqaro depozitariy örtasida, mahalliy fond birjasi va valuta birjasining özaro boğliqligi takomillaşadi;
  • depo hisobvaraqlarini masofadan turib oçiş imkoniyatini yaratiladi.

Moliya vaziri örinbosari Odilbek Isakov “Kapital bozori töğrisida”gi qonun qabul qilinişini bildirdi.