Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xiva – turkiy dunyo madaniyat poytaxti, deb e'lon qilindi
Xiva shahrida «Markaziy Osiyo dunyo sivilizatsiyalari chorrahasida» xalqaro madaniyat forumi boshlandi.
Forum doirasida bir qator tadbirlarning o‘tkazilishi, xususan, Xiva shahrida TURKSOY tashkilotiga a'zo davlatlar madaniyat vazirlarining navbatdagi majlisi ko‘zda tutilgan.
Tadbirni bosh vazir o‘rinbosari, Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov ochib berib, ishtirokchi davlatlar vakillarini tabrikladi.
Shundan so‘ng, YuNeSKO tashkilotining O‘zbekistondagi vakili Gabriella Ramos hamda «Turksoy» xalqaro tashkiloti direktori o‘rinbosari Bilol Chaqiji so‘zga chiqib, Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov hamda Xiva shahar hokimi Temur Davletovga Xivaning turkiy dunyo madaniyat poytaxti, deb e'lon qilingani to‘g‘risidagi sertifikatni topshirdi.
Xalqaro madaniy forum butun mintaqadagi mahalliy va hukumat rahbarlarini birlashtirib, mintaqaviy muammolarni muhokama qilish va ularni samarali hamkorlik orqali hal qilishga qaratilgan. Bundan tashqari, forumda mintaqaning barqaror rivojlanishi uchun iqlim o‘zgarishi va COVID-19 pandemiyasi keltirib chiqaradigan tahdid va muammolar ham muhokama qilinishi belgilangan.
Mavzuga oid
18:28 / 11.06.2026
Madaniyatga tikilgan pullar, san’atkordan vazirlikka, internet madaniyatchilari – vazir Nazarbekov bilan suhbat
15:09 / 01.06.2026
Spektakl uchun sotilgan har bir chiptaga qo‘shimcha gonorar to‘lanadi
15:07 / 01.06.2026
Prezident: Adabiyot va san’at sohasini qo‘llab-quvvatlashning yangi bosqichi boshlanadi
13:05 / 01.06.2026