15 sentyabr kuni Moliya vazirligida “Yaşil iqtisodiyotga ötişda xususiy sektorning iştiroki” mavzusida davra suhbati bölib ötdi. Energetika vaziri örinbosari Şerzod Xöjayev Kun.uz’ga bergan intervyusida 2022 yil 1 yanvardan sohada katta yangiliklar kutilayotganini bildirdi.
Vazir örinbosarining sözlariga köra, elektr energiya borasida Prezident qarori loyihasi işlab çiqilgan.
“Xalqaro mutaxassislar tomonidan 4 ta korxona, ya'ni “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ, “Özbekgidro” AJ, “Özbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ faoliyati örganilgaç, şu asosda prezident qarori loyihasi işlab çiqildi. Uşbu loyihaga asosan 2022 yildan elektr energetika sohasidagi islohotlar keyingi bosqiçga ötadi. Ikkinçidan, oçiq bozor bosqiçiga ötiş muddatlari, şartlari aniq aks ettirilgan konsepsiya va yöl xaritasi tasdiqlanadi”, – dedi Şerzod Xöjayev.
Uning ta'kidlaşiça, elektr energiyani öz ehtiyoji uçun işlab çiqariş tartibida yangiliklar böladi.
“Öylaymanki, yil yakuniga qadar bu işlarni boşlab yuboramiz va 2022 yil 1 yanvardan boşlab elektr energetika sohasida juda köp özgarişlarni işlab çiqaruvçilar, investorlar va iste'molçilar his qilişadi.
Eng muhim yangiligimizdan bittasi bu – elektr energiyani öz ehtiyoji uçun işlab çiqariş tartibi yanada soddalaştiriladi. Qandaydir işlab çiqarişi bor tadbirkor öz ehtiyoji uçun elektr işlab çiqarişi mumkin. Bunda davlat unga bir qator qulayliklar beradi. Biroq bu qulayliklar aynan soliq imtiyozlari emas. Qayta tiklanuvçi energiya manbalari uçun soliq imtiyozlari foydalanişga berilgan, preferensiyalar mavjud. Şularning özi yetarli deb öylayman. Çunki ular uzoq muddatli – kamida 10 yilga möljallangan”, – dedi vazir örinbosari.
Şuningdek, davra suhbatida iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vaziri Jamşid Qöçqorov tez orada bitta davlat elektr energiya stansiyasi xususiylaştiriladi. Biroq bu aynan qaysi stansiya ekanligi borasida OAVga aniq ma'lumot berilmadi.

















