Özbekiston Oliy sudi 25 avgust kuni sovet davrida qatağon qilingan, biroq şu kungaça reabilitatsiya qilinmay qolib ketgan 115 nafar özbekistonlikni oqlagan edi. Qatağon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi katta ilmiy xodimi, tarix fanlari böyiça falsafa doktori Bahrom Irzayev biz bilan suhbatda 115 nafar qatağon qurbonlarining nomi nima uçun oradan şunça yil ötib oqlangani haqida töxtaldi.

– Stalin davridagi qatağonlar davrida nohaq ayblangan, qamalgan yoki otib taşlangan özbekistonliklar haqida jamoatçilik yetarli darajada ma’lumotga ega emas. Xususan, Oliy sud tomonidan oqlangan 115 kişining aksariyatini odamlar tanimaydi. Ular nima uçun bu qadar keç oqlanyapti? Şu paytgaça nima uçun ularning nomini oqlaşning imkoni bölmagan?

– Qatağon qurbonlarini oqlaş jarayoni 1956 yildanoq boşlangan edi. 1956–57-yillarda juda köpçilik, xususan, Fayzulla Xöjayev, Akmal Ikromov, Abdulla Qodiriy, Abdulhamid Çölpon kabi köplab millat farzandlari oqlanadi. Xruşçyovning iliqlik davriga kelib Stalin hokimiyat tepasida bölgan paytlarda amalga oşirilgan qonxörlik butun dunyoga ma’lum bölib qolgaç, ham xalqning oldida, ham dunyo jamoatçiligi oldida hisob beriş uçun ittifoq rahbariyati bir qadar ortga çekinib, qatağon qurbonlarining bir qismini oqlaşga majbur bölgandi.

Bu bilan SSSR özining mohiyatini özgartirgani yöq. Lekin Stalindan keyin ittifoq dunyo tomonidan tan olinişi uçun ham bu işlarga qöl urildi. Qolaversa, tinimsiz amalga oşirilgan qatliomlar ma’lum bir nuqtaga yetib borgan, aholi bunday qatağon siyosatidan holdan toygandi. Öşa jarayonda bizning adabiyot va san’at ahlimiz, siyosat olamidagi el tanigan insonlarimiz oqlandi.

Bahrom Irzayev, tarix fanlari böyiça falsafa doktori

Şu bilan birga, öşa paytda ham yaqin farzandlari borlargina taşabbus körsatib, qatağonga uçragan ota-onalari, bobo-momolarining nomini oqlab olişdi. Biroq farzandlari yoki oqlaş töğrisida iltimosnoma yoki talabnoma kelib tuşmagan aksariyat qatağon qurbonlarining nomi oqlanmay qolib ketgan. Qatağon davrida jinoiy javobgarlikka tortilgan özbekistonliklarning oqlanganlik böyiça körsatkiçlari sobiq ittifoqdagi boşqa respublikalar bilan soliştirganda, eng past.

Masalaning yana bir jihati bor. Şarof Raşidov, Nuriddin Muhiddinovlar taşabbus qilib ba’zi kişilarning nomini oqlaşga harakat qildi. Lekin oqlangandan keyin qatağon qurbonlariga yetkazilgan moddiy-ma’naviy zarar qoplab berilişi kerak edi. Afsuski, aksar özbekistonliklarga tovon puli berilmagan, ya’ni bu borada ham xalqimizga nisbatan adolatsizlik qilingan. Öşa paytlardagi jinoyat işi hujjatlarini örganganimizda şu narsa körinib qoladi. Aksinça, qörqitiş yöli bilan mulkiy da’vom yöq, degan mazmunda tilxatlar yozdirib olingan.