Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistonidagi o‘yma haykallar dunyodagi eng qadimiy yodgorlik deb topildi
Arabiston yarimoroli shimolidagi qoyalarga o‘yilgan 21ta tuya shaklidan tashkil topgan majmua 2018 yilda aniqlangandi.
Arxeologlar Saudiya Arabistonidagi Tuyalar turargohi arxeologik obektining yoshini qaytadan o‘rganishdi va u dunyodagi eng qadimiy yodgorliklardan biri ekanligini aniqlashdi, deb yozadi BBC.
Arabiston yarimoroli shimolidagi qoyalarga o‘yilgan 21ta tuya shaklidan tashkil topgan majmua 2018 yilda aniqlangandi. O‘shanda obekt yoshi eramiz boshlariga to‘g‘ri kelishi aytilgandi.
Ammo qirol Saud universiteti, Germaniyadagi Maks Plank instituti va Fransiya ilmiy tadqiqotlar markazi olimlari haykallar yetti-sakkiz ming yil avval ishlanganini ta'kidlamoqda.
Bu esa ularning yoshi Stounxenj va Misr ehromlarinikidan ham kattaroq ekanligini bildiradi.





Mavzuga oid
07:09 / 02.06.2026
1,7 million ziyoratchi va aqlli boshqaruv. Haj-2026 yakunlari
08:37 / 29.05.2026
Jahon boylik xaritasi o‘zgarmoqda: yangi liderlar paydo bo‘lmoqda
08:52 / 27.05.2026
Saudiyadagi 1 kilometrlik osmono‘par binoda Xitoy texnologiyalari qo‘llanadi
08:43 / 23.05.2026