16 sentabr kuni Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligida Qoraqalpoğiston Respublikasida 100 mVt quvvatga ega şamol elektr stansiyasini quriş böyiça xalqaro tender natijalari e'lon qilindi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar bermoqda.

Tenderda iştirok etişga 70 ga yaqin xorijiy kompaniya qiziqiş bildirgan. Yakuniy bosqiçda Birlaşgan Arab Amirliklarining «Abu Dhabi Future Energy company PJSC» (Masdar) kompaniyasi, «ACWA Power» (Saudiya Arabistoni) va «Voltalia» (Fransiya) kompaniyalari raqobatlaşgan.
Işlab çiqariladigan 1 kVt/s elektr energiya uçun 2,5695 sentga teng tarifni taklif qilgan «ACWA Power» (Saudiya Arabistoni) kompaniyasi şamol elektr stansiyasini quriş böyiça xalqaro tender ğolibi deb e'lon qilingan.
Işlab çiqariladigan 1 kVt/s elektr energiya uçun 2,6550 sentga teng tarifi bilan «Masdar» (BAA) kompaniyasi uşbu tenderning zaxira ğolibi deb topilgan.
Investitsiyaviy majburiyatlarga muvofiq, şamol elektr stansiyasi 2023 yilning örtalariga kelib işga tuşiriladi. Elektr stansiyasining işga tuşirilişi yiliga 400 million kVt/s ekologik toza elektr energiya işlab çiqarişni ta'minlaydi. ŞES Qoraqalpoğiston Respublikasining Qorauzoq va Beruniy tumanlari hududida joylaşadi. Loyihalarni amalga oşirişga jalb etiladigan töğridan töğri xorijiy investitsiyalar hajmi 140 mln dollarga baholanmoqda.
Loyiha 110 mingga yaqin xonadonga elektr energiya yetkazib berişi, atmosferaga çiqariladigan uglerod çiqindilarini yiliga 157 ming tonnaga kamaytirişi va quriliş davrida mingdan ortiq yangi iş örni yaratişga imkon berişi ta'kidlanmoqda.
Ma'lumot uçun, joriy yil yanvar oyida «ACWA Power» kompaniyasi bilan investitsiya şartnomasi imzolangan, unga köra, kompaniya Buxoro viloyatida ikkita şamol elektr stansiyasini qurişi kutilmoqda.
Avvalroq, prezident Şavkat Mirziyoyev Navoiy viloyati Karmana tumanida zamonaviy quyoş fotoelektr stansiyasi (Özbekistondagi ilk xususiy elektr stansiyasi) işga tuşirilişi munosabati bilan ötkazilgan marosimda 2025 yilgaça Özbekistonda kamida 50 foiz elektr energiyani xususiy elektr stansiyalarida işlab çiqariş uçun barça imkoniyatlar yaratib berilişini
















