Denovda profilaktika inspektorining yordamçilari fuqaroni urib öldirib qöygani yuzasidan jinoyat işi qözğatilgan edi. Surxondaryo viloyati prokuraturasining xabar berişiça, mazkur jinoyat işi böyiça ötkazilgan tergov tugallangan. Jinoyat işi mazmunan körib çiqiş uçun viloyat sudiga yuborilgan.

Ma'lum qilinişiça, 2021 yil 10 iyul kuni Denov tumani Oqtom mahallasida yaşovçi Yu.Xuşmatov tuman IIO FMBga akasi X. Xuşmatov yaşaş uyida janjal qilib tinçligini buzayotganligi haqida xabar bergan.

Şunga asosan, tuman IIO FMB profilaktika inspektori va uning ikki nafar yordamçisi H.Xuşmatovning xonadoniga kelişgan va uni avtomaşinaga ötkazib, tuman IIBga olib ketişgan.

Yölda profilaktika inspektorining yordamçilari H.Xuşmatovni bir neça bor urib, tan jarohati yetkazgan. Oqibatda H.Xuşmatov 11 iyul kuni şifoxonada vafot etgan.

Holat yuzasidan Denov tumani prokuraturasi Jinoyat kodeksining 104- va 206-moddalari bilan jinoyat işi qözğatgan. Mazkur jinoyat işi yuzasidan ötkazilgan tergov davomida X.Ş. va T.F. ga nisbatan 2021 yil 12 iyul kuni Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi «d» va 206-moddasi 1-qismi bilan ayblov e'lon qilingan. Ularga nisbatan Jinoyat işlari böyiça Denov tuman sudining şu kundagi ajrimi bilan qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllanilgan.

Şuningdek, Denov tuman IIB profilaktika inspektori S.P. ga nisbatan 2021 yil 12 avgust kuni jinoyat kodeksining 206-moddasi 1-qismi va 208-moddasi bilan ayblov e'lon qilingan. Unga nisbatan munosib xulq-atvorda böliş haqidagi tilxat ehtiyot çorasi qöllanilgan.

Qayd etilişiça, mazkur jinoyat işi böyiça tergov harakatlari tamomlanib, körib çiqişlik uçun ayblov xulosasi bilan viloyat sudiga yuborilgan.

Eslatib ötamiz, Denovda fuqaroning profilaktika inspektori yordamçilari tomonidan kaltaklab öldirişi uning turmuş örtoği bu haqda ijtimoiy tarmoqlar orqali videomurojaat qilgandan söng omma e'tiboriga tuşdi. Şundan söng Boş prokuratura va Senat bu hodisa yuzasidan munosabat bildirdi.

Ayol joriy yil 29 iyul kuni tarqalgan videosida aybdorlarga “18 kundan beri heç kim çora körmayotgani”ni aytgan. Rasmiy axborotda esa ikki gumondor Xuşvaqtov vafot etganining ertasiga, joriy yid 12 iyul kuni qamoqqa olingani aytiladi.

Ta'kidlaş kerak, Boş prokuratura va Senat ayolning videomurojaati tarqalganidan keyin holatga munosabat bildirdi, vaholanki, voqea ayol murojaatidan 18 kun oldin, 11 iyul kuni röy bergan.