16–17 sentyabr kunlari poytaxtdagi WYNDHAM mehmonxonasida raqobatbardoş kadrlar tayyorlaşda ta'lim va mehnat bozori hamkorligi mavzusiga bağişlangan tadbir ötkazildi. Ta'lim sifatini nazorat qiliş davlat inspeksiyasi, Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va YuNeSKO taşkil qilgan tadbirda OTM öquv dasturlari yangilanişi kerakligi va Özbekistonda Milliy malaka ramkasini joriy qiliş böyiça takliflar örganildi.

Ta'lim sifatini nazorat qiliş davlat inspeksiyasi boşliği Uluğbek Toşkenboyevga köra, oliy ta'lim muassasalari öquv dasturlari yangilanişga muhtoj. Sababi hozir ta'limda integratsiya oldingi öringa çiqqan. OTMda öqitiladigan fanlar, foydalaniladigan dasturlar xalqaro andozalar va mehnat bozori talablariga javob berişi kerak.

“Iş beruvçilar orasida ötkazilgan sörovnomalarga köra, 50 foizga yaqin OTM bitiruvçilari yangi iş örinlarida qiyinçiliklarga duç kelmoqda. Şuningdek, yoş xodimlar örtasida ötkazilgan sörovnomalar ham öqigan fanlarining bir qismi iş jarayonida kerak bölmayotganini körsatdi”, – dedi inspeksiya boşliği.

Uluğbek Toşkenboyev 2021/2022 öquv yilidan barça davlat OTMlarining kredit-modulga ötgani OTMlar öquv reja va dasturlarini mehnat bozori talablariga moslaşi şartligini körsatganini va bunda mehnat bozori öz talabini sodda va lönda tilda OTMga yetkazib berişi kerakligini ta'kidladi.