Joriy yil 12 sentabr kuni soat 15:00larda Qo‘ng‘irot tumani, Ajiniyoz ovulida yashovchi fuqaro “Kobalt” avtomobilini boshqarib ketayotib, yo‘lning qarama-qarshi yo‘nalishidan harakatlanib kelayotgan yuk mashinasi bilan to‘qnashgan.
Yo‘l-transport hodisasi oqibatida “Kobalt” haydovchisi og‘ir jarohat olib, voqea joyida vafot etgan.















