“Tibbiyot institutini 2002 yilda tugatganimdan keyin ma'lum muddat davlat şifoxonasida, tibbiy yordamda işladim. Işdan taşqari ingliz tilini örgandim, yoşlar taşkilotida faoliyat olib bordim. Xorijga qiziqişim öşa paytlarda jiddiylaşgan bölsa ajabmas”, – deydi Malika biz bilan suhbat boşida.

– Turkiyaga borib qolişingiz tarixini sözlab bersangiz?

– Özbekistonda işlagan paytimdagi davrlarni entikiş bilan eslayman. Sababi, ana şunday sinovlar insonni toblarkan, ne'matlar qadriga yetişga örgatarkan. Turkiyaga kelişim tarixi aslida işim bilan boğliq emas. Aksinça, Turkiyaga kelganimdan sönggina şifokorlikka kirişganman. 2003 yilda turk millatiga mansub insonga turmuşga çiqdim va erim bilan Turkiyaga köçib keldim.

Köpçilik Turkiya deganda Istanbul, Anqara, Izmir va Antaliya kabi şaharlarni tuşunadi. Lekin bu davlatning 81ta viloyati bor. Biz yaşaydigan Manisa şahri ham juda qadimiy va gözal. Köpçilik uni valiahd şahzodalar sanjagi sifatida yaxşi biladi. Sulton Sulaymonning öğli Mustafo aynan şu yerda yaşagan. Men ham oilam, ikki öğil va ikki qizim bilan Manisada yaşayman hamda oilaviy şifokor bölib işlayman.

– Özbekiston diplomi bilan işga kirişingizda muammo bölmaganmi?

– Bölgan, bizning diplomimiz, umuman xorijiy diplomlar Turkiyada nostrifikatsiya qilinişi zarur. Nostrifikatsiyasiz na davlat, na xususiy şifoxonalar işga olişadi. Buni şu yerga kelib bildim. Ançagina murakkab bölgan ikki bosqiçli imtihonlar bor va ular poytaxt Anqarada ötkaziladi.

Özbekistondan kelgan köp şifokorlar qanday qilib nostrifikatsiyadan ötganimni söraşadi, qölimdan kelganiça tuşuntiraman. Birinçisida fundamental fanlardan topşirilsa, ikkinçisi bevosita tibbiyot bilan boğliq. Imtihonni birinçi urinişda topşira olmaganman. Çunki hali bu davlatga moslaşiş jarayonida edim, yoş bolam bor edi. Keyinçalik qattiq tayyorlanib imtihondan ötganman va oilaviy şifokor litsenziyasini qölga kiritganman. Dastlab işimni Çanoqqal'a şahrida tez tibbiy yordam bölimida boşlagandim.

Şu örinda bir narsani aytgan bölardim – Özbekistonda bizga berilgan bilimlar bu yerda ham asqatgan. Ya'ni yoşlarga şuni aytaman – yaxşi öqisangiz baribir foydasi tegadi.

– An'anaviy savol – ikki davlat tibbiyotini soliştirsak, qanday öxşaşlik va tafovutlar köriladi?