17 sentabr kuni MSKning navbatdagi matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda jurnalistlar tomonidan mahalliy va xorijiy OAVga prezidentlik saylovlarini yoritish uchun qaysi holatda ruxsatnomalar berilmasligi borasida savol bilan murojaat qilindi.
Biz saylovni yoritish bo‘yicha shu paytga qadar biror mahalliy va xorijiy jurnalistga rad javobini berganimiz yo‘q. Akkreditatsiyadan o‘tish tartibi juda sodda. «OAV O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsa va bizga murojaat qilsa, uni rad etishga asoslarimiz yo‘q», – dedi MSK raisi o‘rinbosari Bahrom Qo‘chqorov.
Eslatib o‘tamiz, Markaziy saylov komissiyasining 17 sentabr kuni o‘tkazilgan majlisi qarori bilan prezidentlikka nomzodlarning saylovoldi tashviqoti 2021 yil 20 sentyabrdan boshlanishi ma'lum qilindi.










