Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
TIV O‘zbekiston prezidentining Rossiyaga tashrifiga faol tayyorgarlik ko‘rilayotganini tasdiqladi
O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Andrey Rudenkoni qabul qildi.
Vazirlik matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, suhbat chog‘ida Rossiyaga amalga oshiriladigan oliy darajada tashrifga tayyorgarlik faol davom ettirilishi ma'lum qilingan.
«Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Rossiya kun tartibining dolzarb masalalari, avval erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishi holati, shuningdek, bo‘lajak tadbirlar jadvali muhokama qilindi. Rossiyaga amalga oshiriladigan oliy darajada tashrifga tayyorgarlikni faol davom ettirishga kelishib olindi», deyiladi rasmiy relizda.
Shuningdek, tomonlar Afg‘onistondagi so‘nggi voqealarni hisobga olgan holda mintaqadagi mavjud vaziyat va uning kelgusi rivojini ko‘rib chiqqan.
Bundan oldinroq Rossiya tashqi ishlar vaziri birinchi o‘rinbosari Andrey Rudenko Toshkentda bo‘lib o‘tgan konferensiyada Rossiya tashqi ishlar vazirligi 2021 yilda O‘zbekiston prezidentining Moskvaga tashrifini kutayotganini ma'lum qilgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
09:00 / 22.05.2026
Abdulaziz Komilov Xorvatiya bosh vaziri bilan muzokara o‘tkazdi
12:44 / 23.01.2026
Abdulaziz Komilov Tinchlik kengashiga qo‘shilish sabablarini izohladi
16:44 / 16.11.2025
“Yangi geosiyosiy mintaqa tug‘ildi” – Abdulaziz Komilov Ozarboyjonning formatga qo‘shilishi haqida
12:20 / 24.10.2025