Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qarshida o‘zaro janjallashgan va IIB xodimlarining kiyimlarini yirtib tashlagan shaxslarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Qarshi shahrida avval o‘zaro janjallashgan, so‘ng IIB xodimlarining kiyimlarini yirtib tashlagan shaxslarga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 20 sentabr kuni soat 22:20larda Qarshi shahar, I.Karimov ko‘chasida shaharning «Sho‘rtan» MFYda yashovchi X.I. o‘zining tanishi «Navo» MFYda yashovchi L.A. va G‘.D. bilan atrofdagi fuqarolarning tinchini buzib, bir-birini haqoratlab, o‘zaro janjallashgan.
Shundan so‘ng janjalning oldini olib, tinchitish va jamoat tartibini saqlash uchun ularning yoniga viloyat IIB PPXB xodimlari borgan.
Janjal qilayotgan fuqarolar L.A., X.I. va G‘.D. IIB PPX xodimlarining qonuniy talabiga bo‘ysunmasdan, ularga faol qarshilik ko‘rsatgan. Xodimlarning xizmat kiyimini yirtib, qo‘lini tishlab olgan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan 21.09.2021 yil 21 sentabr kuni Jinoyat kodeksining 219-moddasi 2-qismi va 277-moddasi 3-qismi «g» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
L.A. X.I. va G‘.D. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan va Jinoyat protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan. Ta'kidlanishicha, jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari Qarshi shahar prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda.
Mavzuga oid
20:51 / 30.10.2025
Qozog‘iston prezidentining sobiq maslahatchisi mushtlashuvda halok bo‘ldi
10:20 / 15.09.2025
Yangiyo‘ldagi to‘yxonada mushtlashuv uyushtirganlar ushlandi
14:16 / 07.08.2025
Qo‘qonda “parkovka” talashgan fuqarolar o‘rtasida mushtlashuv sodir bo‘ldi
11:50 / 03.08.2025