FVV xabariga ko‘ra, 4ta yong‘in-o‘chirish ekipajlari soat 13:01da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 13:22da qurshab olingan va soat 13:34da to‘liq bartaraf etilgan.

Yong‘in oqibatida binoning 150 kv.m maydonda ichki va tom qismi yonib zararlangan. Tezkor harakatlar natijasida binoning 300 kv.m maydoni yong‘indan saqlab qolingan.

Hodisa oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi aniqlanmoqda.