“4 ming kilometrdan ziyod avtomobil yöli va içki köçalar, 262 ta köprikni quriş-ta'mirlaş uçun 4,2 trillion söm yönaltiriladi. Jumladan, Urganç tumanida 35 ta, Şovotda 34 ta va Yangiariqda 32 ta köprik ta'mirlanadi.
Qoraqalpoğiston va Xorazm örtasida Amudaryo ustidan ötadigan köprik yöqligi, hammamiz uçun juda katta muammo edi. Şuni hisobga olib, joriy yilda Amudaryo ustidan ötadigan 412 metrli temir yöl va avtomobil yöli qöşma köprigi qurilişini boşladik. Bunga 45 million dollar ajratdik. Men qayta-qayta ta'minladim – eng muhimi sifat. “Ura-ura” kerakmas!
Bu köprik orqali qatnovni yölga qöyiş uçun, 82 kilometrli Şovot-Amudaryo-Gurlan-Qoraözak temir yöli ham barpo etiladi.
Urganç xalqaro aeroporti rekonstruksiya qilinib, yangi yölovçi va yuk terminali quriladi. Toşkent şahridan Nukus va Urganç şaharlariga aviaçipta narxining 25 foizini budjetdan subsidiyalaş tartibini joriy qildik. Natijada, aviaçipta narxlari 33 foizga arzonlab, aholi uçun qulaylik yaratdi (narxi 618 ming sömdan 416 ming sömga tuşdi).
Şu sababdan, uşbu imtiyozni yana ikki yilga uzaytiramiz. Jamoat transporti parkini yangilaş maqsadida, 400 ta zamonaviy avtobus sotib olinadi. Kelgusi yilda 61 ta yangi yönaliş oçiladi, 16 ta olis hududga jamoat transporti qatnovi yölga qöyiladi. Şuningdek, Urganç şahri böylab yangi trolleybus halqa yöli quriladi” – dedi Şavkat Mirziyoyev öz nutqida.

















