Jizzax şahridagi köçalardan birida harakatlanib ketayotgan «Tiko» haydovçisi boşqaruvni yöqotişi oqibatida maşinada qarama-qarşi yönalişga çiqib ketgan va röparadan kelayotgan «Neksiya-3»ga urilgan. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinişiça, joriy yil 15 sentabr kuni soat 11:10 lar atrofida Jizzax şahridagi Jizzaxlik mahallasi Mirzo Uluğbek köçasida «Tiko» va «Neksiya-3» iştirokida yöl-transport hodisasi sodir bölgan.

Şarof Raşidov tumanida yaşovçi 1989 yilda tuğilgan haydovçi «Tiko» maşinasi boşqarib ketayotib yölning keskin buriluvçi qismida boşqaruvni yöqotgan va qarama-qarşi yönalişga çiqib ketgan. Şundan söng u röparadan kelayotgan Şarof Raşidov tumani Ziyokor mahallasida yaşovçi 1992 yilda tuğilgan haydovçi boşqaruvida bölgan «Neksiya-3»ga borib urilgan.

Oqibatda, «Tiko» maşinasi haydovçisi oğir tan jarohatlari olib Respublika tez tibbiy yordam ilmiy markazi Jizzax viloyati filialiga yotqizilgan. Şuningdek, har ikkala maşinaga jiddiy şikast yetgan.