Davlat soliq qömitasi «Bu xizmat körsatuvçi va tadbirkor örtasidagi şartnomaviy munosabat, biz unga aralaşa olmaymiz», deyişdan nariga ötmayapti.

Bu tadbirkorlarni norozi qilayotgan qanday baloki, undan qutulib bölmasa?

Hozir heç bir sohani elektron qurilmalarsiz tasavvur etiş qiyin. Raqamli texnologiyalar, barça sohalarda öz örnini egallab bormoqda.

Xususan, savdo va xizmat körsatiş sohasiga tatbiq etilayotgan onlayn kassa apparatlari tadbirkorlarning ham, xaridorlarning ham vaqtini tejab, ularga yaxşigina kömak ham beryapti.

Ammo köplab tadbirkorlarning örinli va asosli e'tirozlariga sabab bölayotgan «tanganing ikkinçi tomoni» ham mavjud.

Onlayn nazorat kassa maşinasini örnatiş beriş mohiyatan bir xizmatdir. Ammo bir marta körsatilgan xizmat uçun har oy haq tölaş mantiqqa töğri keladimi?

Oyiga örtaça 100 ming söm xarajat — kuniga minglab marta terminal orqali savdolarni amalga oşiradigan, yirik savdo aylanmasiga ega tadbirkorlar uçun ahamiyatsiz bölişi mumkin. Ammo, özi jöjabirday jon bölgan savdo nuqtalari ham aynan şu miqdordagi summani tölaşi heç bir mantiqqa töğri kelmaydi.

Nahotki mana şu jihatlarini yuqorida ötirgan amaldorlar bilmasa... Yoki bilib turib bilmaslikka oladilarmi?!

Ijtimoiy tarmoqlarda ham onlayn nazorat kassa maşinalariga tadbirkorlar tomonidan qilinayotgan ortiqça tölovlar yuzasidan e'tirozlar soni kundan kunga köpaymoqda.

«Onlayn kassa apparatining narxi — 3 million söm. Oliş majburiy! Bankka olib borib, terminal sistemasiga ulatiş — 350 ming söm. Kamiga, apparatni işlatganing uçun har oy 100 ming söm «abonent tölovi» ham tölaysan. Senga tözim bersin, şörlik tadbirkor. Sotib olgan şaxsiy buyumingni işlatganing uçun ham pul tölasang-a! Bu qanday innovatsiya böldi ekan», deb aççiq alam bilan yozadi tadbirkorlardan biri.

Amaldagi tartiblarga köra, tadbirkor xizmat körsatiş yoki savdo nuqtasida foydalanayotgan onlayn kassa maşinasi uçun texnik xizmat körsatiş markazi tomonidan belgilangan tölovni tölaşi şart. Bunda tölov miqdorlari har bir markaz tomonidan mustaqil ravişda belgilanadi. Masalaning eng nozik nuqtasi ham aslida şu yerda.

Biz kundalik hayotimizda ehtiyojlarimizdan kelib çiqib mobil aloqa kompaniyalari yoki internet provayderlaridan foydalanganimiz uçun pul tölaymiz. Tölangan pulga mos ravişda bizga turli xil paketlar taqdim qilinadi. Yoki elektr energiyasi va boşqa kommunal xizmatlarga ham tölovlar işlatgan miqdorimizga qarab belgilanadi.