Ma'lum qilinişiça, joriy yil 21 sentabr kuni soat 00:15larda Koson tumani Navbahor mahallasi hududidan ötuvçi aylanma yölda odam ölimi bilan boğliq yöl-transport hodisasi sodir bölgan.

Qayd etilişiça, Koson tumani Nartibaland mahallasida yaşovçi, 1995 yilda tuğilgan D.M. öz boşqaruvidagi «Jiguli» maşinasi bilan tumanning Mesit mahallasida yaşovçi 1997 yilda tuğilgan R.M. boşqaruvida bölgan «Tiko» maşinasiga borib urilgan. Oqibatda, har ikkala maşinaning haydovçilari oğir tan jarohatlari olib, şifoxonada vafot etgan.

Dastlabki suriştiruvda aniqlanişiça, haydovçi D.M. «Jiguli» maşinasi bilan qoidalarni buzgan holda harakatlangan. Hozirda holat yuzasidan Koson tumani Içki işlar bölimining tergov bölimi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ta'kidlanişiça, bugun, 24 sentabr kuni Koson tumani IIB boşliği I.Qutlimurodov va boşqa mas'ullar iştirokida tumandagi 6-maktabda mazkur yöl-transport muhokamasiga bağişlangan muhokama ötkazilgan. Muhokamada fuqarolarga yöl qoidalariga amal qiliş lozimligi uqtirilgan.