Özbekistonning umumiy taşqi qarzi hajmi joriy yilning boşiga nisbatan 6 foizga yoki 2 mlrd dollarga oşgani holda 2021 yil 1 iyul holatiga köra, 35,9 mlrd dollarni (joriy yilning 1 yanvar holatiga 33,8 mlrd dollar) taşkil qilmoqda.
Xususan, yil boşiga nisbatan davlat taşqi qarzi 3 foizga yoki 627,9 mln. dollarga ösib 22 mlrd dollarni, davlat tomonidan kafolatlanmagan taşqi qarz esa 11 foizga yoki 1,4 mlrd dollarga ösib 13,9 mlrd dollarni taşkil etgan.
Şuningdek, joriy yilning birinçi yarmida davlat taşqi qarzi böyiça 353,4 mln dollar miqdordagi asosiy qarz va 206,5 mln dollar miqdordagi foiz tölovlari amalga oşirilgan.
Xususiy taşqi qarz tölovlari esa asosiy qarz böyiça 1,6 mlrd dollar va foiz tölovlari böyiça 238,8 mln dollarni taşkil qilgan.

Bunda asosiy qarz va foizlar böyiça tölovlarning eng katta qismini banklar, neft-gaz va energetika sohasidagi korxonalar amalga oşirgan.
Markaziy bank ma'lumotlariga köra, umumiy taşqi qarz ösuvçan tendensiyaga ega bölib, undagi özgarişlar tahlili şuni körsatdiki, davlat taşqi qarzi ösişi hududlar va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantiriş böyiça davlat dasturlarini moliyalaştiriş uçun yangi qarzlarning jalb qilinişi bilan izohlansa, xususiy sektorda esa asosan tijorat banklari va iqtisodiyotning boşqa sektorlari tomonidan yangi qarzdorliklarning jalb qilinişi va asosiy qarzlarning qisman söndirilişi hisobiga ösiş kuzatilgan.
Avvalroq, Moliya vaziri Timur Işmetov 2021 yil uçun 5 milliard dollar miqdorida taşqi qarz jalb qiliş belgilanganini ma'lum qilgandi. 2020 yilda esa olingan davlat taşqi qarzlari 5,4 milliard dollarni taşkil etgan.

















