«Ba'zi holatlarda jurnalistlarning kameralarini sindirib taşlaşganini kördik. Qayergadir jurnalistlarni kiritişmaydi yoki ortidan quvib yurişganini ham kördik. Bu juda uyatli va kulgili holatlar. Jurnalistni kasb faoliyatiga nisbatan notöğri munosabat bölyapti. Hamma, jamoatçilik buni kördi, bildi. Lekin şuning natijasi nima böldi? Qanday huquqiy oqibatga olib keldi? Javob yöq.

Afsuski, biz jurnalistlar himoyasiga doir qonunni qabul qilgan bölsak ham, uni buzganlik uçun javobgarlik masalasini qabul qilmaganmiz. Mana bizni eng katta muammomiz», – dedi Kuşerbayev.

Deputatga köra, avvalgi çaqiriqdagi parlament deputatlari bu masalada bir neça bor harakat qilib körişgan. Lekin “ayrim idoralar” buni xohlamagan.

«Töğrisi, bunga biz uringanmiz. Buni men oçiq aytaman. Men ötgan çaqiriqdagi deputatligimda şu masalani bir neça marta kötarib çiqdim. Harakat qildik, lekin ayrim idoralar buni xohlaşmadi.

Deputatga xalaqit beradigan narsa nima? U tayyorlayotgan qonun loyihalarini tegişli vazirlik va idoralar bilan kelişib çiqişi kerak.

Men qaysidir vazirlik bilan jiqqa muşt bölsam-da, ertasiga undan tayyorlagan qonunimga qöl qöyib berişni iltimos qilsam. Bu bizga xalaqit beradi. Qonunni hukumat olib kirsa tezroq ötişi mumkin yoki boş porkuratura. Prezidentda ham taşabbus bildiriş huquqi bor.

Bizga tösiq bölayotgani manfaatlar töqnaşuvi. Bir qator idoralar borki, ularning roziligini olişimiz kerak. Ular rozilik bermasa, qonunni kiritolmaymiz.

Hozir deputatlar qonun taşabbus qilganda boşqa idoralar roziligini olmasa ham böladigan tizim taklif qilyapmiz. Loyihani tayyorlab qöyganmiz.

Xöş, bu masalada xorijiy tajriba qanday degan savol tuğilişi mumkin. Xorijda, jumladan, bizga yaqin davlatlarda ham jurnalistni ta'qib qilganlik uçun, faoliyatiga tösiqlik qilingani uçun javobgarlik bor.

Özi umuman söz erkinligi bilan boğliq qonunlar siyosiy xarakterga ega böladi. Biror joyiga özgartiriş kiritmoqçi bölsak, birinçi navbatda xalqaro taşkilotlarning tanqidiga uçraymiz. Bu juda nozik va siyosiy kursni belgilab berişi mumkin.

Men şuning tarafdorimanki, jurnalistlar himoyasi töğrisida qonun qabul qildikmi, Jinoyat kodeksida uni buzganlik uçun ham jazo belgilab qöyişimiz kerak.

Biz yil oxiriga qadar özimizdagi va şu paytga qadar tayyorlangan boşqa loyihalarni birlaştirib muhokamaga olib kiramiz. Balki, yuqori darajalardan ham «olib kiringlar» degan topşiriq bölib qolar. Bunda işimiz yanada yengillaşadi», – dedi u.