Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi direktori Akmal Burhonovning ma'lum qilişiça, sönggi ikki yilda korrupsiya uçun jinoiy javobgarlikka tortilgan mahalliy hokimliklar xodimlarining 20 nafari, jumladan, 7 nafar tuman hokimi örinbosari va 13 nafar boşqa xodimlar muqaddam şu toifadagi jinoyatlarni sodir etganligi uçun sudlangan şaxslar hisoblanadi.

Jumladan, F.Atemov Quyi Çirçiq tuman obodonlaştiriş boşqarmasi boşliği lavozimida işlab kelib, 118,4 mln söm budjet mablağlarini talon-toroj qilgani va mansab soxtakorligi uçun 2019 yil fevral oyida sud tomonidan 2 yil-u 1 oy muddatga axloq tuzatiş işlari jazosiga hukm qilingan.

Şunday bölsa-da, F.Atemov 2019 yil sentabr oyida Quyi Çirçiq tuman hokimining sanoatni rivojlantiriş, kapital quriliş, kommunikatsiyalar va kommunal xöjalik masalalari böyiça örinbosari lavozimiga tayinlangan. Biroq u mansabidan foydalanib, tuman örmon xöjaligiga qaraşli yer maydonidan 17 nafar fuqaroga dehqon xöjaligi uçun ajratilgan tomorqa yer uçastkalariga asossiz ravişda mulk huquqi tan olinişiga yöl qöyganligi uçun javobgarlikka tortilgan.