Jamiyat, adabiyot, xususan, özbek adabiyoti, uning tahlillari yuzasidan qator suhbatlar uyuştirib, öquvçilar e'tiboriga havola etib kelayotgan Kun.uz’ning navbatdagi suhbatdoşi taniqli yozuvçi Uluğbek Hamdam böldi. Suhbatning birinçi qismi avvalroq e'lon qilinib, matnlaştirilgan holda taqdim etilgan edi. Quyida suhbatning ikkinçi qismi matni e'lon qilinmoqda.

— Uluğbek aka, siz yozuvçilikdan taşqari pedagogsiz. Fikrimça, bugun köpçilik yoşlarda keskin ruh yetişmaydi. Ular erkin fikrlamaydi, ularda taşkilotçilik yetişmaydi. Men katta fikrlar haqida gapiryapman. Holatning asl sabablarini nimalarda deb öylaysiz?

— “Muvozanat” romanida yana bitta idea maydonga taşlangan. Öşa ğoya savolingizga javob bölar ekan. Ya'ni har bir bola nimaga qobil bölsa, öşa sohaga yönaltirib öqitiş kerak. Buxgalter böladigan yigit yo qiz opera aytmasin, yoki quruvçi böladigan yoş kelib sport sohasiga öqişga topşirmasin.

Eşitgansiz, “iste'dodsiz odam yöq” deyişadi. Bor, albatta, lekin köplarning iste'dodi özga sohani tanlaş bilan közga körinmay ketadi. Jamiyatda juda köpçilik odam bir-birlarining örnini egallab ötiribdi. Çunki qassob bölib tuğilgan odam vraç bölib, tuğma muhandis patta sotuvçi bölib işlayapti-da, şuning uçun.

Odamning baxtli yaşaşi uçun uçta muhim narsa kerak böladi:

  1. Soğliq.
  2. Soha, kasb.
  3. Munosib umr yöldoş.

Adaşmasam, xitoy faylasufi aytgan bu gapni: “Könglingga mos işni topgin, keyin bir umr dam olasan”, deb. Ya'ni öz sohasini topgan odamning işi mehnat emas, balki rohatdir demoqçi u.

Şuning uçun siz aytgan ruhsiz talabalar avvalo yaxşi öqimagan, hayotga töğri yönaltirilmagan, qolaversa, adaşib şu sohalarga kirib qolganlardir.

Bu masalaning bir tomoni. Ikkinçi tomoni taşqi faktor bölib, yoşlarni qiziqtiruvçi muhit bilan boğliq. Xöş, ularning köngliga öt yoqib, u yoki bu sohaga qiziqtiruvçi pedagoglar bizda yetarlimi? Mutlaqo yöq. Avvalo, öşa pedagoglarning katta qismi adaşib öqituvçilik qilib yuribdi. Bunday öqituvçilar bola ruhiga kirib, uni uyğota oladi, deb öylamayman. Ikkita gapni bir-biriga qöşib gapirolmaydigan, sözlari oğzidan tökilib ketadigan odamlar ma'ruza öqişadi. Bu nima degani? Nega pedagoglarni öqişga qabul qilayotganda “nutq madaniyati” böyiça oğzaki imtihonlar olinmaydi?..

Özi kerakli ta'lim-tarbiya olmagan öqituvçi boşqaga ham ta'lim-tarbiya bera olmaydi. Şular haqida ham öylab köriş kerak.