Laşetning saylov uçastkasidan olingan surati bundan dalolat bermoqda. Undan siyosatçining öz partiyasiga ovoz bergani ma'lum bölgan.
“Maxfiylik nuqtayi nazaridan, Laşet barça xorijiy maxsus xizmatlar uçun eng yaxşi kansler”, deb kinoyali izoh bergan uşbu holatga SPD’dan sobiq deputat Gerold Rayxenbax.
Federal saylovlar ötişini nazorat qiluvçi vakil Laşet ovoz beriş sirini buzgan bölsa-da, uning byulleteni nohaqiqiy deb topilmasligini, çunki u urnaga solib bölinganini, öz siyosiy partiyasiga ovoz beriş esa kutilmagan holat emasligini aytgan.
Laşet Aaxen şahridagi maktablardan birida joylaşgan uçastkada ovoz bergan. Siyosatçining aytişiça, uşbu saylovlar Germaniyaning yaqin yillarga taqdirini belgilaydi va “har bir ovoz ahamiyatga ega”.

















