Fransiya prezidenti Emmanuel Makron şu yilning kuzida mamlakatda muddatidan oldin parlament saylovlarini ötkaziş «imkoniyatini örganmoqda». Bu haqda Bloomberg agentligi öz manbalariga tayanib xabar berdi.
Fransiyada keyingi parlament saylovlari 2029 yilda ötkazilişi kerak. Ammo agentlik ma’lumotlariga köra, prezident Makron özining «yaqin doirasi» bilan muddatidan oldin saylovlar ötkaziş imkoniyatini muhokama qilmoqda. Muddatidan oldin parlament saylovlarining yana bir varianti ularni 2026 yilda ötkazilişi rejalaştirilgan munitsipal saylovlar bilan birlaştiriş bölişi mumkin.
Manbalarga köra, muddatidan oldin saylovlar ötkaziş ğoyasi prezidentda Fransiyaning xalqaro maydondagi ta’siri oşib borayotgani sabab paydo bölgan. Öz navbatida bu Emmanuel Makronning mamlakat içidagi obrösining oşiga olib kelgan.
Makron ötgan yilning dekabrida mamlakatning asosiy partiyalari yetakçilariga 2027 yilda prezidentlik vakolatlari tugagunga qadar navbatdan taşqari saylovlar ötkazmaslikka harakat qilişini aytgandi.
Prezident ma’muriyati muddatidan oldin parlament saylovlari ötkazilişiga oid xabarlarga izoh bermagan, ammo Makronga yaqin manbaning ma’lum qilişiça, u hozirça bu boradagi saylovlarni ötkazişni rejalaştirmayapti.

















