Ruminiyada prezidentlik saylovlarining birinçi turi boşlandi, deb xabar beradi BBC.

Saylov uçastkalari mahalliy vaqt bilan soat 07:00 da oçilgan va ular 21:00 gaça işlaydi. Ovoz beriş mumkin bölgan nomzodlar soni — 11 kişi.

Sörovnomalar birinçi örinni öta öng yevroskeptik Jorjye Simionga bermoqda. Uning asosiy raqiblari — Buxarest meri Nikuşor Dan va amaldagi parlament koalitsiyasi qöllab-quvvatlayotgan Krin Antonesku.

Taxminlarga köra, nomzodlarning heç biri birinçi turda ğalaba qozoniş uçun yetarli böladigan 50 foizdan ortiq ovozni töplay olmaydi. Saylovlarning ikkinçi turi 18 may kuni bölib ötadi.

Bu Ruminiyada oxirgi bir yil içida ikkinçi bor prezidentlik saylovlarini ötkazişga uriniş hisoblanadi. Bundan oldingi ovoz beriş jarayonlari 2024 yil noyabrda bölib ötgandi — öşanda birinçi örinni rossiyaparast siyosatçi Kelin Jorjyesku egallagan edi. Ammo maxsus xizmatlar uni ijtimoiy tarmoqlar orqali jamoatçilik fikrini manipulyatsiya qilişda aybladi. Ta’kidlanişiça, Rossiya Jorjyeskuni reklama qiliş uçun minglab TikTok akkauntlaridan foydalangan. Natijada Ruminiya Boş prokuraturasi natijalarni soxtalaştiriş böyiça iş oçgan, Konstitutsiyaviy sud esa saylov natijalarini butunlay bekor qilgan edi.

Mart oyida Ruminiya Markaziy saylov komissiyasi, keyin esa sud Jorjyeskuga saylovlarda nomzodini yana ilgari surişga ruxsat bermadi.