Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Serbiya Kosovo bilan chegaradagi nizo sababli NATO oldiga talab qo‘ydi
Serbiya va Kosovo o‘rtasidagi munosabatlar avtomobillar davlat raqamlari ortidan keskinlashdi.
Kosovolik serblarga hujum qilinsa va NATO hech qanday harakat qilmaydigan bo‘lsa, Serbiya o‘z kuchlarini ishga solishiga to‘g‘ri keladi, dedi respublika prezidenti Aleksandr Vuchich Pink telekanaliga bergan intervyusida.
U NATO mamlakatlariga yuzaga kelgan vaziyat bo‘yicha javob qaytarishi uchun 24 soat muhlat berdi.
Serbiya va Kosovo o‘rtasidagi munosabatlar avtomobillar davlat raqamlari ortidan keskinlashdi. Kosovo hukumati Serbiya davlat raqamlarida harakatlanuvchi avtomobillarni o‘tkazmaslikni va ularning egalaridan raqamlarni Kosovo davlat raqamlariga almashtirishni talab qildi.
Bu talabdan norozi bo‘lgan etnik serblar Yarine va Brnyak chegara-o‘tkazuv punktlarini to‘sib qo‘ydi. Oqibatda Kosovo hukumati chegara hududiga politsiya maxsus kuchlarini jo‘natdi. Bunga javoban Serbiya o‘z qo‘shinlarini jangovar shay holatga keltirdi.
Kosovo 2008 yilda Serbiyadan ajralib chiqqanini e'lon qilgan. Uni AQSh va Yevropaning ko‘plab davlatlari tan olgan. Belgrad Serbiya mustaqilligini tan olmay kelmoqda.
Mavzuga oid
10:00 / 08.06.2026
Kosovoda bosh vazir partiyasi saylovlarda g‘alaba qozondi
08:35 / 06.06.2026
Serbiyada og‘ir vaziyatda qolgan fuqaro O‘zbekistonga qaytarildi
15:00 / 03.06.2026
Belgraddagi global konferensiyada O‘zbekistonning gender tenglik borasidagi tajribasi taqdim etildi
22:15 / 18.05.2026