2021 yilning ötgan davrida is gazidan zaharlaniş va havo aralaşmasining çaqnaşi oqibatida 134ta köngilsiz hodisa va 6 mingdan ortiq yonğinlar yuz bergan. Bu haqida AOKAda bölib ötgan Kuz-qiş mavsumida yuzaga kelişi mumkin bölgan favqulodda vaziyatlarning oldini oliş, yonğin xavfsizligi profilaktikasiga bağişlangan matbuot anjumanida Favqulodda vaziyatlar vazirligi boşqarma boşliği Davron Qambarov ma'lum qildi.

Ma'lumotlarga köra, Rossiya va Qozoğiston Respublikasi hududlaridan sovuq havo oqimlari kirib kelmoqda. Bunday vaziyatlarda köplab tadbirlar ötkazilişiga qaramasdan yonğinlar, köngilsiz hodisalar soni oşişi kuzatiladi.
Davron Qambarovning ma'lumot berişiça, 2021 yilning ötgan davri mobaynida aholi örtasida is gazidan zaharlaniş va havo aralaşmasi çaqnaşi oqibatida 134ta holat sodir bölgan. Mazkur holatlarning 39tasi favqulodda vaziyat sifatida baholangan. Uşbu köngilsiz holatlarda 77 kişi hayotdan köz yumgan, 58 kişi turli darajadagi tan jarohatlari olgan.
Şuningdek, 2021 yilning 8 oyida respublikada 6691ta yonğin sodir bölgan, 97 kişi olamdan ötgan va 159 nafar şaxs jarohatlangan. Yonğinlarning sabablari tahlil qilinganda ularning 31 foizi elektr uskunalar nosozligi, 28 foizi oçiq olovdan foydalaniş, 22 foizi isitiş peçlaridan notöğri foydalaniş, 10 foizi bolalar şöxligi oqibatida yuz bergan.
“Qiş mavsumida yuz bergan yonğinlarning har uçtadan bittasi aynan isitiş moslamalaridan notöğri foydalaniş yoki nosoz moslamalardan foydalaniş oqibatida yuz bergan”, deya ta'kidlaydi vazirlik mutasaddisi.
Şuningdek, kuz-qiş mavsumi boşlanişi bilan yuz berişi mumkin bölgan turli köngilsiz holatlarning oldini oliş maqsadida daxldor idoralar: “Hududgazta'minot” hamda energiya ta'minoti idoralari bilan birgalikda 529ta işçi guruhlar, 204ta ta'mirlaş-tiklaş otryadlari taşkil etilgan.
Boşqarma boşliği aholini xonadonlarda gazdan foydalanişda e'tiborli bölişga, nosoz elektr isitiş moslamalaridan foydalanmaslikka, turli noxuş vaziyatlarda darhol 104 raqami orqali xabar berişga çaqirdi.
















