Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatidan Toshkent shahriga qancha ijtimoiy obektlar o‘tkazilayotgani ma'lum bo‘ldi
Ma'muriy-hududiy o‘zgarishlar munosabati bilan Toshkent viloyatidan Toshkent shahriga o‘tuvchi obektlar soni ma'lum bo‘ldi.
Unga ko‘ra;
- maktablar - 17 ta;
- maktabgacha ta'lim muassasalar - 16 ta;
- kollejlar - 2 ta;
- diniy muassasalar - 6 ta;
- qabristonlar - 9 ta;
- madaniyat markazlari - 2 ta;
- tibbiyot muassasalari - 7 tani tashkil etmoqda.
Toshkent viloyatidan 7 853,3 gektar yer maydoni Toshkent shahriga, Toshkent shahridan 171,3 gektar yer maydoni Toshkent viloyati hududiga o‘tkazilishi belgilanmoqda.
Jumladan, Toshkent viloyatining Zangiota tumanidan 1 827,1 gektar (shundan, 424,2 gektar qishloq xo‘jaligi yerlari) yer maydoni Toshkent shahrining Sergeli tumani tarkibiga, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanidan 490,0 gektar (shundan, 154,2 gektar qishloq xo‘jaligi yerlari) yer maydoni Toshkent shahrining Bektemir tumani tarkibiga, Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq tumanidan 1 134,2 gektar (shundan, 578,2 gektar qishloq xo‘jaligi yerlari) yer maydoni Toshkent shahrining Bektemir tumani tarkibiga, Toshkent viloyatining Qibray tumanidan 2 294,6 gektar (shundan, 1 090,9 gektar qishloq xo‘jaligi yerlari) yer maydoni Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumani tarkibiga, Toshkent viloyatining Qibray tumanidan 2 107,4 gektar (shundan, 1 002,6 gektar qishloq xo‘jaligi yerlari) yer maydoni Toshkent shahrining Yashnobod tumani tarkibiga, Toshkent shahrining Sergeli tumanidan 33,8 gektar yer maydoni Toshkent viloyatining Zangiota tumani tarkibiga, Toshkent shahrining Bektemir tumanidan 137,5 gektar yer maydoni Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani tarkibiga o‘tkazilmoqda.
Bundan tashqari, Toshkent shahri tarkibiga o‘tkazilayotgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan (sug‘oriladigan) yerlarni boshqa maqsadlar uchun ajratish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Mavzuga oid
17:12 / 27.05.2026
Toshkent-Samarqand pulli yo‘lini qurish tenderida Xitoy kompaniyasi g‘olib bo‘ldi
09:20 / 27.05.2026
Toshkentdan Qoraqalpog‘istongacha “yashil” texnikumlar tashkil etiladi
17:44 / 26.05.2026
Hayit kuni Toshkentda qisqa muddatli chang-to‘zon kuzatilishi mumkin
17:55 / 25.05.2026