“Böston, Şahrixon, Asaka, Oltinköl, Andijon, Xöjaobod tumanlari hududlaridan ötgan xalqaro avtomagistral böyida 160 ta xizmat körsatiş va savdo obektlari taşkil etiş hisobiga 1,5 mingta yangi iş örinlari yaratiladi.
Viloyatda keyingi beş yilda turizm sohasini rivojlantiriş maqsadida, 25 ta mehmonxona, 60 ta köngiloçar va dam oliş maskanlari taşkil etiladi. Masalan, Xonobod şahrida “Afsona – 2” dam oliş maskani, Şahrixon tumanida “Hunarmandlar markazi” taşkil etiladi.
Xonobod şahrini “Vodiy turizm maskani”ga aylantiriş uçun, Kampirravot mahallasida böş turgan 66 gektar maydonda “Sun'iy köl” va dam oliş maskani barpo etiladi. Bu yerda kamida 800 ta iş örni taşkil etiladi, yiliga 300 ming nafar aholining dam olişi uçun imkoniyat yaratiladi. Uşbu maskanning infrastrukturasi davlat hisobidan amalga oşiriladi.
Şuningdek, Xöjaobod tumanidagi “Imom ota” turizm qişloği doirasida 20 ta oilaviy mehmon uyi va ekoturizm dam oliş maskani taşkil etiladi.
Bularni amalga oşiriş uçun, alohida dastur işlab çiqilib, xorijiy turistlar sonini kamida 15 ming, mahalliy sayyohlarni 1,4 million nafarga yetkaziş çoralari köriladi.
Umuman olganda, kelgusi beş yilda Andijon viloyatini iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantiriş uçun davlat hisobidan 40 trillion söm ajratiladi”, dedi prezidentlikka nomzod.
Xonobod şahri «Vodiy turizm maskani»ga aylantiriladi
18:09 / 29.09.20213 2622 min
Andijon viloyatida keyingi beş yilda xizmat körsatiş sohasida 80 mingdan ziyod yangi iş örinlari yaratiladi va xizmatlar hajmi 3 barobar oşadi. Bu haqda Şavkat Mirziyoyev ma'lum qildi.
















