Bugun, 30 sentabr kuni Senatning 19-yalpi majlisida «O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartishlar kiritish haqida»gi qonun senatorlar tomonidan ma'qullandi.

Qonun bilan Jinoyat kodeksining hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish, ya'ni xizmat vazifasini bajarayotgan hokimiyat vakilining qonuniy faoliyatiga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga faol qarshilik ko‘rsatish bilan bog‘liq jinoyatning jazo choralari kuchaytirilmoqda.

Shuningdek, Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga ichki ishlar organlari xodimi yoki Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi (xodimi)ning qonuniy talablarini bajarmaganlik, ularning o‘z xizmat burchlarini bajarishlariga qarshilik ko‘rsatganlik va hokimiyat vakilining qonuniy talablarini bajarmaslik yoki xizmat vazifalarini bajarishiga to‘sqinlik qilganlik uchun javobgarlikni kuchaytirishni nazarda tutuvchi o‘zgartishlar kiritilmoqda.

Senatorlarning fikricha, mazkur qonun orqali hokimiyat vakillarining huquqiy himoyasi ta'minlanadi va ularning o‘z qonuniy faoliyatini to‘sqinliksiz amalga oshirishiga sharoit yaratiladi. Shuningdek, hokimiyat vakillarining sog‘ligi va hayoti xavfsizligini ta'minlashga erishiladi.

Avvalroq, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Qodir Jo‘rayev ushbu qonun loyihasi yuzasidan o‘z xavotirlarini bildirgan edi.

“To‘g‘ri, qonun loyihasi albatta kerak. Chunki boshqa xorijiy mamlakatlar tajribasida ham ichki ishlar xodimlarining qonuniy talablariga bo‘ysunmaslik uchun javobgarlik ancha yuqori. Ammo umuman olib qaraganda, respublikamizda ichki ishlar organi xodimlari xatti-harakatidan kelib chiqsak, bu loyihani qabul qilish biroz erta deb o‘ylayman.

To‘g‘ri, ijobiy ishlar ham olib borilmoqda. Lekin bugungi kunda ichki ishlar tizimidagi islohotlar o‘z nihoyasiga yetmagan. Barchangizga ma'lum, ijtimoiy tarmoqlar orqali ichki ishlar xodimlarining xatti-harakati bilan bog‘liq salbiy holatlarni kuzatib boryapmiz. Jumladan, aloqa vositalari orqali berilgan buyruq