Kechaning asosiy to‘qnashuvi Turinda «Yuventus» hamda musobaqaning amaldagi g‘olibi «Chelsi» o‘rtasida o‘tadi. Jarohatlar girdobidagi Massimiliano Allegri Tomas Tuxel jamoasini to‘xtatishga urinadi.  

O‘tgan turda «Yang Boyz» bilan bahsda sensatsion mag‘lubiyatga uchragan «Manchester Yunayted» esa bu turda «Vilyarreal»ni qabul qiladi. «Old Trafford»dagi uchrashuvda Sulsher shogirdlari o‘tgan mavsum Yevropa ligasi finalida penaltilar seriyasida uchralgan mag‘lubiyat uchun raqibdan o‘ch olish imkoniyatiga ega. Qizig‘i, bungacha bu jamoalarning yevrokuboklardagi o‘zaro 4ta o‘yinida ham hisob ochilmagan – 0:0. Tomonlar bu an'ana davom etishini istamasliklari aniq.  

Chorshanba kungi o‘yinlar anonsi va taxminiy tarkiblar bilan tanishing:

YeChL. 2-tur. 29 sentabr (chorshanba)

«E» guruhi

«Bavariya» - «Dinamo» Kiyev

O‘yin boshlanish vaqti: 23:59

«Bavariya»: Noyyer; Pavar, Zyule, Ernandes, Devis; Kimmix, Goretska; Gnabri, Myuller, Sane; Levandovski

O‘ynamaydi: Ulrayx (jarohat), Tolisso (jarohat)

So‘roq ostida: Koman (betob)

«Dinamo» K: Bushan; Kendzera, Zabarniy, Sirota, Mikolenko; Sidorchuk, Shaparenko; Tsigankov, Garmash, de Pena; Supryaga

O‘ynamaydi: Besedin (jarohat), Kulach (noma'lum), Ramires (betob), Buyalskiy (noma'lum) 

«Benfika» - «Barselona»

O‘yin boshlanish vaqti: 23:59

«Benfika»: Vlaxodimos; Verissimo, Otamendi, Vertongen; Lazaro, Vaygl, Joau Mariu, Grimaldo, Darvin; Yaremchuk, Rafa Silva

O‘ynamaydi: Diogu Gonsalvesh (jarohat)