UzAuto Motors kompaniyasi yangilangan Chevrolet Captiva avtomobili uçun şartnoma tuziş boşlangandan söng ijtimoiy tarmoqlarda şartnomadagi avtomobil narxi özgarişi mumkinligi töğrisida keltirilgan band böyiça rasmiy munosabat bildirdi.
“Keltirilişiça, bizning kompaniya 2019 yildagi kelişuvni buzgan holda, yana şartnomaga yetkazib berilgan avtomobil uçun narxning oşişi mumkinligi töğrisidagi bandni qayta kiritgan.
Kompaniya şartnomada bir tomonlama narxlarni oşiriş haqida heç qanday band yöqligini rasman e'lon qiladi”, deyiladi kompaniya bayonotida.
Qayd etilişiça, şartnomaning 2.4 bandi hozirgidek kabi ilgari ham bölgan. Uşbu bandda qöşimça tölov faqatgina avtomobil komplektatsiyasi özgargandagina amalga oşirilişi keltirilgan.
“Bundan körinib turibdiki, xabar mualliflari uşbu band, şuningdek, şartnomaning navbatdagi bandlari bilan töliq tanişişmagan”, deyiladi kompaniya tomonidan.
Kompaniyaning bildirişiça, “2.4.1 va 2.4.3 bandlariga köra, agar komplektatsiya e'lon qilingandan farq qilsa, xaridor tölovni qaytariş şarti bilan avtomobil xarididan voz keçiş yoki uni almaştiriş huquqiga ega”.
Şuningdek, ta'kidlanişiça, 2.4-band avtomobil komplektatsiyasi özgarişi mumkin bölgan vaziyatlarda mijoz uçun bir neçta takliflarni taqdim etadi.
“Uşbu şartnomada xaridor huquqlari himoyalangan va agar mijoz qöşimça tölov qilişni xohlamasa, unda har doim tanlov huquqi bölib: u xarid qilişdan voz keçib, pulni qaytarib oliş yoki avtomobilni mos keladigan modifikatsiyaga almaştirişni talab qiliş huquqiga ega”, deya ta'kidlagan kompaniya.
Şuningdek, UzAuto Motors şartnomaga muvofiq keltirilgan komponentlarga köra avtomobil narxi oşmasligini eslatib ötgan.
Avvalroq Saptiva 5 221 mln 691 ming sömdan 309 mln 900 ming sömgaça narxda sotuvga çiqarilişi xabar qilingandi.

















