Ispaniya chempionati. La liga. 8-tur
«Atletiko» — «Barselona» — 2:0 (2:0)
Gollar: Lemar, 23 (1:0). Suares, 44 (2:0).
«Atletiko»: Oblak, Savich, Ximenes, Ermoso (Felipe, 81), Koke, de Paul (Tripper, 46), Lorente, Lemar, Suares (Grizmann, 72), Ferreyra-Karrasko (Lodi, 81), Joau Feliks (Korrea, 72).
«Barselona»: ter Shtegen, Pike, Mingesa (Puch, 75), Arauxo, Dest (Langle, 86), Buskets, Koutinyu (Fati, 64), F.de Yong, Gavi (L.de Yong, 75), Gonsales (Serji Roberto, 46), Depay.
Ogohlantirishlar: Gavi, 20. de Paul, 45+1. Koke, 78.
Hakam: Martines Munuera.
2 oktabr. Madrid. «Vanda Metropolitano» stadioni.

Madriddagi o‘yin natijasidan qat'i nazar Ronald Kuman «Barselona» bosh murabbiyligini tark etishi kutilayotgandi. Ammo o‘yin boshlanishiga bir necha soat vaqt qolganida klub prezidenti Joan Laporta bayonot berdi: Kuman Diyego Simeone jamoasiga qarshi o‘yinda qanday natija qayd etilsa ham ishlashda davom etadi.

Bu qarorni turlicha talqin etish mumkin: niderlandiyalik mutaxassis bilan shartnomani bir tomonlama bekor qilish uchun 12 million yevrolik tovon puli yo‘qligi, uning o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan mutaxassis bilan kelishuv yo‘qligi, mo‘jizadan umid qilish va hokazo. Ammo bu vaqtda Kataloniyada yong‘in davom etmoqda.

Kuman yana qancha vaqt qoladi?
«Atletiko»ga qarshi o‘yindan keyin Kumanning iste'fosi ro‘y bersa, voqealar rivoji o‘zining yuqori nuqtasiga chiqqan bo‘lardi. O‘shanda chiroyli qasos tarixiga guvoh bo‘lgan bo‘lardik: Luis Suares Toma Lemar urgan birinchi golga assistentlik qildi, keyinroq sovuqqonlik bilan harakat qilib «matraschilar»ning ustunligini mustahkamladi. Golidan keyin urugvaylik forvard «qo‘ng‘iroq qil» jyestini namoyish etdi, uning bu harakati o‘tgan yil yozidagi alamli haydalish voqeasi vaqtida futbolchi bilan bog‘lanishga ham yaramagan niderlandiyalik murabbiyga qaratilgandi.

Shunda bu o‘yinni «Kadis» bilan o‘yindagi qizil kartochkadan keyin diskvalifikatsiya o‘tayotgani tufayli tribunadan kuzatgan Kuman stadionni so‘nggi bor ko‘k-anorranglilar murabbiyi sifatida tark etgan bo‘lardi. Ammo u iste'foga chiqarilmadi va niderlandiyalik mutaxassis telefon orqali kataloniyaliklarga «Stok Siti» rejimini yoqqan holda» o‘ynashga ko‘rsatmalar berishda davom etdi.