3 oktyabrda Ummonga “Şahin” tropik sikloni yopirildi. Tabiiy ofat oqibatida kamida 3 kişi halok böldi. Avvalroq hukumat sohilböyida yaşovçi hududlar aholisini xavfsiz joylarga köçişga çaqirgan va poytaxt Masqatga aviareyslarni bekor qilgan.

Ma'lumotlarga köra, siklon oqibatida bir bola va 2 nafar osiyolik işçi halok bölgan. Yana bir kişi bedarak yöqolgan.

Tsiklon özi bilan 120 km/soat tezlikdagi kuçli şamollarni olib kelgan.

Sultonlikning favqulodda vaziyatlar böyiça milliy qömitasi baxsiz hodisalar oldini oliş maqsadida poytaxtda elektr ta'minoti öçirilişini e'lon qilgan. 2700 dan köproq odam vaqtinçalik boşpanalarga köçirilgan.

Masqatdagi avtomobil yöllari yomon ob-havo tugamagunça faqat favqulodda xizmatlar maşinalari va gumanitar yordam yetkazuvçi transportga oçiq qoldirilgan.

Voqea joyidan olingan videolarda köçalar kuçli yoğingarçilik sababli suv ostida qolgani, ba'zi joylarda köçkilar yuz berganini köriş mumkin.

Tsiklon sababli Ummonda 3 va 4 oktyabr kunlari işlanmaydigan kunlar deb e'lon qilingan.

Bundan taşqari, Ummon bilan qöşni BAA ham siklonga tayyorgarlik körmoqda. Jumladan, plyajlar va pastqam joylarga boriş taqiqlangan, yomon ob-havoga qarşi kuraşiş ştabi taşkil etilgan.