Ötgan haftada 64 yoşli Kisida Yaponiyaning yangi boş vaziri böliş uçun Liberal-demokratik partiya içida keçgan kuraşda ğolib bölgandi. 4 oktabr kuni Yaponiya parlamentining quyi palatasi köpçilik ovoz bilan uni yangi boş vazir lavozimiga tasdiqladi.
Hisob böyiça mamlakatning 100-boş vazirining oldidagi asosiy vazifa - LDPni Yaponiyada noyabr oyida bölib ötadigan umummilliy saylovlarda ğalabaga yetaklab boriş hisoblanadi (Mahalliy naşrlar ma'lumotiga köra, Kisida saylovlarni 31 oktabr kuni ötkazmoqçi).
Partiya nufuzi Tokioda Olimpiya öyinlarini baribir ötkaziş töğrisida qaror qabul qilingaç pasaygandi, Yaponiyada koronavirusga çaliniş holatlari ortib borayotgani tufayli mamlakat aholisi öyinlar ötkazilişiga qarşi namoyişlarga çiqqandi.
Ötgan yilda Kisida partiya yetakçisi uçun saylovlarda Sugaga mağlub bölgandi. Suganing iste'fosidan keyin partiya içidagi saylovda Kisida mamlakatning sobiq taşqi işlar vaziri, sobiq mudofaa vaziri, köpçilik tomonidan boş vazirlik uçun asosiy nomzod sifatida körilgan Taro Kononi ortda qoldirişga erişdi.
Yaponiyaning yangi boş vaziri qarşisidagi muhim vazifalardan yana biri - iqtisodiyotni tiklaş hisoblanadi (Kisida pandemiya oqibatlarini bartaraf etiş uçun mamlakat iqtisodiyoti uçun milliardlab dollarlar sarflaşni va'da qilgan), şuningdek, xalqaro maydonda - Şimoliy Koreya tomonidan böladigan tahdidlarga qarşi turiş kerak.
Bundan taşqari, Kisida pandemiyaga qarşi kuraşiş uçun «soğliqni saqlaş sohasida inqirozli vaziyatlarni boşqariş agentligi» tuzişni taklif etgan.
«Mening asosiy qobiliyatim - odamlarni eşita biliş», degan Kisida LDP yetakçisi etib saylanişi bilan.
Fumio Kisida mö'tadil-liberal siyosatçi sifatida ma'lum, şu tufayli u hukmron konservativ partiyani biroz söllaştirişi kutilmoqda.
BBC’ning Yaponiyadagi korrespondenti Mariko Oining ta'riflaşiça, tanqidçilari uni xuşmuomala va şu bilan birga zerikarli şaxs deb bilişadi, ammo partiyadagilar unga ançadan buyon bölajak hukumat rahbari sifatida qaraşgan. Uning Konodan asosiy ustunligi esa «partiyaning eski gvardiyasi» tomonidan qöllab-quvvatlovga ega bölgan.
Fumio Kisida siyosatçilar oilasidan çiqqan. U Hirosimada tuğilgan. Uning otasi va bobosi Yaponiya parlamenti a'zolari bölişgan.
Kisida Yaponiya uçun rekord muddatda - 2012 yildan 2017 yilgaça Taşqi işlar vazirligini boşqargan. U 2016 yilda Barak Obamaning Hirosimaga kelişini taşkillaştirgan - bu Amerika atom bombalaridan jabrlangan şaharga AQŞ prezidentining ilk bor kelişi bölgandi.

















