Qashqadaryoda viloyat asab-ruhiy kasalliklari dispanserida qonunga zid ishlar bo‘layotgani aytildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyat asab-ruhiy kasalliklari dispanserining bir guruh tibbiyot xodimlari tomonidan mazkur shifoxonada qonunga zid ishlar bo‘layotgani aytilgan xabarlar tarqaldi. Viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmati mazkur xabarlar yuzasidan munosabat bildirdi.
Munosabatda ma'lum qilinishicha, Qarshi shahrida joylashgan viloyat 1-son asab-ruhiy kasalliklar dispanserining bir guruh tibbiyot xodimlari ijtimoiy tarmoqlar orqali Bosh prokuror nomiga murojaat bilan chiqqan.
Ular o‘z murojaatida mazkur shifoxonada ayrim qonunga zid ishlar bo‘layotgani haqida ma'lum qilgan. Jumladan, dispanserda bir shtatga 5-6 nafardan xodim to‘g‘ri kelsa-da, yana yangi xodimlar ishga olinayotgani, tashqi o‘rindosh xodimlar orasida «o‘lik jon»lar mavjudligi, vrach-stomatolog muassasaning tibbiy uskunalaridan foydalangan holda aholiga pullik xizmat ko‘rsatayotgani, dori-darmon va oziq-ovqat ta'minotida ham muammolar borligi aytilgan.
Qayd etilishicha, mazkur murojaat viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi tomonidan nazoratga olingan va holat bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
«Mazkur murojaat boshqarmamiz tomonidan tegishli tartibda nazoratga olindi. Bu borada mutasaddi idoralar hamkorligida o‘rganish ishlari olib borilmoqda. O‘rganish yakuni bo‘yicha ma'lumotlar e'lon qilinadi», deyiladi munosabatda.
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh Ta’lim vazirligi Kolumbiya universiteti akkreditatsiyasini bekor qildi
Jahon | 13:44
-
Samarqandda BMTning Davlat xizmati forumi bo‘lib o‘tadi
O‘zbekiston | 13:42
-
Zelenskiy: «Kim Rossiyaga bosim o‘tkazmasa, u sherikdir»
Jahon | 13:16
-
Mehmonxona qurish va jihozlash uchun subsidiya muddati uzaytirildi
O‘zbekiston | 13:15
Mavzuga oid

17:29 / 05.06.2025
Qashqadaryodagi «Langar ota» masjidi AQSh elchixonasi mablag‘lari hisobidan qayta ta’mirlandi

20:10 / 03.06.2025
Qashqadaryoda 74 ta qoidabuzarlik qilgan haydovchi ushlandi

18:46 / 31.05.2025
Qashqadaryodagi bog‘chada 2 yoshli qiz ariqqa cho‘kib halok bo‘ldi

16:22 / 31.05.2025