“VEON” delegatsiyasi tarkibiga – holding direktorlar kengashi raisi Gennadiy Gazin, bosh ijrochi direktor Kaan Terzioglu, holding maslahatchisi Boris Tadich va “Beeline Uzbekistan” bosh direktori Andjyey Malinovski kirdi.

Delegatsiyaning O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov bilan uchrashuvi samarali va mazmunli bo‘lib o‘tdi. Tomonlar “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasini amalga oshirish, IT-tadbirkorlikni rivojlantirish, IT-parklar faoliyatini takomillashtirish, IT-mutaxassislarni tayyorlash, zamonaviy telekommunikatsiya infratuzilmasini yaratish doirasida “VEON” kompaniyalari guruhining raqamli islohotlardagi ishtiroki masalalarini muhokama qildilar. Uchrashuv ishtirokchilari axborot texnologiyalari sohasida hamkorlik aloqalarini shakllantirish bo‘yicha barcha sa'y-harakatlarni safarbar qilishga tayyor ekanliklarini bildirishdi.

Foto: Beeline

“VEON” delegatsiyasi Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov bilan uchrashuvda mamlakatdagi so‘nggi o‘zgarishlar haqida, xususan, bank va moliya tizimidagi islohotlar, shuningdek, investitsiya muhitni yanada yaxshilash borasidagi ishlar ijobiy natijalar berayotganini ta'kidladi. Hozirgi vaqtda O‘zbekistonda to‘lovlarni amalga oshiruvchi 30 dan ortiq tashkilot faoliyat yuritmoqda. Uchrashuv yakunida “VEON” kompaniyalar guruhi vakillari O‘zbekistonda raqamli iqtisodiyot va moliyani rivojlantirishda ishtirok etish istagini bildirishdi.

Foto: Beeline
Foto: Beeline

Bundan tashqari, “VEON” delegatsiya a'zolari O‘zbekiston hukumati, xalqaro biznes ekspertlari, nodavlat tashkilotlari va ommaviy axborot vositalari vakillari bilan birgalikda “O‘zbekiston: iqtisodiy islohotlarning yutuqlari va ularning istiqbollari” Toshkent forumining ishtirokchilari bo‘lishdi. O‘tgan yillardagi islohotlar natijalari va kelajak uchun istiqbolli g‘oyalar muhokama qilindi. Mintaqaviy hamkorlik mavzusida munozara, raqobatbardoshlikni ta'minlashda iqtisodiy ochiqlikning o‘rni haqida suhbat bo‘lib o‘tdi.

Foto: Beeline