Reyting mualliflari davlatlarni 3 mezon böyiça baholaşgan:
- kriminal bozorlarning kölami va ta'siri;
- jinoyatçilikning 4 turi (mafiya, jinoiy tarmoqlar, davlat organlariga kirib olgan jinoiy tuzilmalar va xorijiy jinoiy tuzilmalar) strukturasi va ta'siri;
- davlatlarning uyuşgan jinoyatçilikka bardoşliligi.
Davlatlar har bir mezon böyiça 1 dan 10 ballgaça baholangan, bunda 1 ball past darajadagi jinoyatçilik, hukumatning jinoiy doiralarga qarşilik körsatişga yuqori tayyorgarligini anglatadi.
Reytingda 193 ta davlatdan 1-örinni Kongo Demokratik Respublikasi egallagan (7,75 ball). 2-öringa Kolumbiya (7,66), 3-öringa esa Myanma (7,59) qöyilgan. Şuningdek, antireytingning yuqori öntaligiga Meksika, Nigeriya, Eron, Afğoniston, Iroq, MAR va Honduras kirgan.
Özbekiston röyxatda 4,96 ball bilan 90-örinni egallagan.
Şuningdek, Markaziy Osiyo davlatlaridan Tojikiston 62-örinni (5,61), Qirğiziston 72-örinni (5,33), Turkmaniston 113-örinni (4,61) va Qozoğiston 133-örinni (4,26) egallagan.
Uyuşgan jinoyatçilik eng past darajada bölgan davlat sifatida Tinç okeanidagi Tuvalu davlati e'tirof etilgan. U 1,54 ball bilan reytingning oxirgi pozitsiyasidan joy olgan.

















